Nikolay I
Nikolay I (Nikolay Pavlovich Romanov) (1796.25.6, Sarskoye Selo, hozirgi Pushkin shahri — 1855.18.2, Peterburg) — Rossiya imperatori (1825—55). Pavel I ning 3-oʻgʻli. Dekabristlar qoʻzgʻolonini bostirgan (1825). N. I davrida markazlashgan davlat byurokratik apparati kuchaytirilgan, 3-boʻlim (inqilobiy harakatga qarshi kurashish uchun siyosiy politsiya) barpo etilgan; Rossiya imperiyasi qonunlar majmuasi tuzilgan, yangi senzura ustavlari joriy qilingan (1826, 1828). 1837-yil Rossiyada birinchi marta Sarskoye Seloda temir yoʻl harakati ochilgan. N. 1 ichki siyosatining asosiy maqsadi — samoderja-viye-krepostnoylik tuzumining mustahkamligini saklash edi. 1830—31 yillardagi Polsha qoʻzgʻoloni; 1848—49 yillardagi Vengriya inqilobini qonga botirgan. Muqaddas ittifoqning tamoyillariga qaytishi N. I tashki si-yosatining muhim tomoni boʻlgan. N. 1. davrida Rossiya Kavkaz (1817—64), Rossiya—Eron (1826—28), Rossiya—Turkiya (1828-29), Qrim (185356) urushlarini olib borgan. Xiva xonligini bosib olish maqsadida Perovskiy eks-peditsiyasini joʻnatgan.[1]
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |