Kamov Nikolay Ilich (1902.1(14). 9, Irkutsk — 1973.24.11, Moskva) — vertolyotsozlik sohasidagi rus konstruktori, Mehnat Qahramoni (1972-yil), texnika fanlari doktori (1962). Vertolyotsozlik boʻyicha tajriba konstruktorlik byurosi bosh konstruktori (1940-yildan). Oʻkdosh sxemadagi vertolyotlar qurilishi asoschilaridan (oʻkdosh sxemadagi vertolyotda bitta umumiy oʻkda ikki koʻtaruvchi vint qarama-qarshi tomonga aylanadi). Uning rahbarligida Ka-8, Ka-10, Ka-15, Ka-18, Ka-25 va Ka-26 rusumli vertolyotlar; Ka22 rusumli vint-qanotli (samolyot bilan vertolyotning uygʻunlashuvi), aerochana yaratildi. Kamov yaratgan vertolyotlarning uchish-texnikaviy koʻrsatkichlari yuqori. Ular bilan 10 ta jahon rekordi oʻrnatilgan. Kamov yaratgan vintokrilda esa 8 ta jahon rekordi oʻrnatilgan.[1]

Nikolay Ilich Kamov
Николай Камов
Tavalludi 14-sentyabr 1902-yil
Irkutsk,
Rossiya imperiyasi
Vafoti 24-noyabr 1973-yil(1973-11-24)
(71 yoshda)
Moskva
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va SSSR

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil