Nikolay Mixaylovich Karamzin [1766.1(12). 12, Orenburg viloyati Mixaylov tumani — 1826.22.5(3.6), Peterburg] — rus yozuvchisi, publitsist, tarixchi. Peterburg FA faxriy aʼzosi(1818). "Moskovskiy jurnal" ("Moskva jurnali", 1791—92) va 2 jildli "Aglay" almanaxi (1794—95)ni nashr ettirgan. 1802-yil "Vestnik Yevropi" ("Yevropa darakchisi") jur.ga asos solgan. Rus adabiyotida sentimentalizm oqimi asoschisi. "Bechora Liza" (1792) qissasi qator milliy adabiyotlarda sentimental sahna va nasr asarlarining paydo boʻlishiga taʼsir koʻrsatgan. "Rossiya davlati tarixi" (1 — 12-jild, 1816—29) yilnomasida Rossiyaning 17-asrgacha boʻlgan tarixini bayon etgan.[2]

Nikolay Karamzin
Николай Михайлович Карамзин
Karamzin by Tropinin (1818, Tretyakov gallery).jpg
Tavallud sanasi 1 (12) dekabr 1766
Vafot sanasi 22 may (3-iyun) 1826
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi
Asarlari tili Rus tili[1]

ManbalarTahrirlash

  1. (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil