Nikolay Vladimirovich Ladigin (1905.25.11, Yaroslavl - 1976.13.8, Moskva) — rejissyor Oʻzbekiston xalq artisti (1944). 1931—70-yillar Toshkentda yashagan. Oʻzbekistonda Harbiy okrug qoshida teatr tashkil etishda faol qatnashgan va 1947-yildan shu teatrning badiiy rahbari va bosh rejissyor boʻlgan. 1958—65 yillar Oxunboboyev nomidagi yosh tomoshabinlar teatrining bosh rejissyor Sahnalashtirgan spektakllarida koʻtarilgan ijtimoiy masalalarning keskinligi va hayotiyligi, zamonaviyligi bilan eʼtiborga molikdir. Eng yaxshi spektakllari: "Hamlet", "Qirol Lir", "Romeo va Julyetta", "Otello" (Shekspir), "Makr va muhabbat" (Shiller), "Tartyuf" (Molyer), "Ikki boyga bir malay" (Goldoni), "Bukri toychoq" (Yershov), "Oltin kalitcha" (Tolstoy), "Kechki ovqat oldidan" (Rozov) va boshqa[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil