Nikolay Davidovich Svinarchuk – Ishchi-dehqonlar Qizil Armiyasi faxriysi, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi.

Nikolay Davidovich Svinarchuk
Hayot davri 1920-1983
Tavalludi 20-yanvar, 1920-yil
Mirzachoʻl, SSSR bayrogʻi SSSR
Vafoti 1-yanvar, 1983-yil (62 yosh)
Turkiston viloyati, SSSR bayrogʻi SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Xizmatdagi yillari 19401945
Unvoni Starshina
Jang/urush Ikkinchi jahon urushi
Mukofotlari
«Mehnatda jasorat ko’rsatgani uchun (Harbiy jasorati uchun) yubiley medali. Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan»

Biografiyasi tahrir

Nikolay Svinarchuk 1920-yil 20-sentyabrda Mirzachoʻl tumanida tugʻilgan. Umumtaʼlim maktabni tugatgandan soʻng, Ischi-dehqonlar Qizil Armiyasi safiga qabul qilinadi. Nikolay 1942-yilning avgust oyida Ikkinchi jahon urushida jangga kirishdi. Jang mobaynida ikki marotaba yaralanadi[1].

1944-yil kichik serjant Nikolay Svinarchuk Belarus fronti 70-armiyasi komandirining yordamchisi boʻlgan. 1944-yil 26-iyulda Nikolay Kshna daryosi orqali Biala Podlaska shariga yetib borib, jang qildi. 1944-yil 27-iyulda Nikolayning Bogukal harbiy guruhi nemislarning avtomagistraldagi qarshi hujumini muvaffaqiyatli qaytardi, 1 ta bronetransportyor, 3 ta mashina va 150 ga yaqin dushman askar va zobitlarini yoʻq qilishga erishadi.

415-piyoda harbiy guruh komandiri Medinsev ushbu holatni quyidagicha taʼriflaydi[2]:

Kshna daryosining shimoliy qirgʻogʻidagi nemis qoʻshinlari bilan jang qilish boʻyicha topshiriq oldik. Nemis askarlari qattiq artilleriya bilan turishardi. Guruhdagi komandir yaralangan edi. Shu payt kichik serjant Nikolay Svinarchuk daryoni birinchi kesib oʻtishga qaror qildi. Qoʻlida quroli bilan dushman qoʻshinining xavfli nuqtalariga qaratib zarba berdi va guruhning xavfsizligini taʼminladi...

SSR Oliy Soveti Prezidiumining 1945-yilda qabul qilgan 24-sonli buyrugʻi bilan frontda harbiy xizmatchilarni namunali tayyorgarligi, nemis bosqinchilariga qarshi kurashi, koʻrsatgan jasorati va qahramonligi uchun „Sovet Ittifoqi Qahramoni“ ordeni bilan taqdirlangan. Nikolay Svinarchuk, shu bilan birga „Oktyabr Inqilobi ordeni“, „Lenin ordeni“, 2-darajali „Shon-sharaf ordeni“ hamda bir qancha ordenlar bilan mukofotlangan[3].

Ikkinchi jahon urushi yakunlangandan keyin, Nikolay Svinarchuk Qozoq SSRning Lenger shariga demobilizatsiya qilingan.

1983-yil 1-yanvarda Janubiy Qozogʻistonning Toʻlebiy tumanidagi Doʻstlik qishlogʻida vafot etadi va shu yerda dafn etiladi.

Manbalar tahrir

  1. „Nikolay Svinarchuk“ (ru). Герои страны („Heroes of the Country“).
  2. „Geroy Sovetskaya Soyuz“. Qaraldi: 7-sentabr 2023-yil.
  3. „Svinarchuk Nikolay Davidovich“. Pamyat Naroda. Qaraldi: 7-sentabr 2023-yil.