Nikolay Yevgenevich Vvedenskiy [1852.16(28).4 - 1922.16.9] - rus fiziologi, I. M. Sechenovning shogirdi. Peterburg FA Akademik (1909). Ilmiy tadqiqotlari hayvon toʻqimalarining har xil taʼsirotga javobini tekshirishga bagʻishlangan. V. tirik sistema faqat taʼsirotlar taʼsirida oʻzgarib qolmasdan, balki oʻz faoliyati jarayonida ham oʻzgarishi mumkin degan xulosaga kelgan; bu bilan birinchi boʻlib fiziologiyaga "vaqt omili" tushunchasini kiritgan. V. nerv-muskul apparatini nerv tolalari, nerv uchlari va muskullardan tashkil topgan turli qismlari har xil harakatchanlikka ega boʻlgan hosila deb qaragan. Parabioz tugʻrisidagi taʼlimotga asos solgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Vvedenskiy Nikolay Yevgenevich" OʻzME. V-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil