Nikolay kuzalik (Nicolaus Cusanus), haqiqiy ismi Nikolay Krebs (Krebs) (1401, Mozeldagi Kuza degan joy — 1464.11.8, Todi, Umbriya viloyati) — nemis faylasufi, ilo-hiyotchi, olim, diniysiyosiy arbob. Rim papasi Piy II (1405—64)ning yaqin maslahatchisi, kardinal (1448). Neoplatonizm dialektikasi va nemis mistikasi (Ekhart) gʻoyasidan kelib chiqib, mutlaq qaramaqarshiliklarning mosligi (cheksiz "maksimum" bilan cheksiz "minimum"ning aynanligi) degan taʼlimotni rivojlantirgan. Uningcha, inson bilimi "bilmaslik bilimi" ("ilmiy bilmaslik")dir; u mutlaqga jo boʻlgan haqiqatga cheksiz yaqinlashishdan iborat boʻlib, "taxminlar" ("farazlar") yordamida roʻyobga chiqadi. Mat. risolalar muallifi, Kopernikning kosmologiya haqidagi taʼlimotiga (Yer ham, boshqa samoviy jismlar kabi, Koinotning markazi boʻla olmaydi) va tajribaga asoslangan tabiatshunoslikka yoʻl ochganlardan biri.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil