Nilfiya, nimfeya (Nymphaea) — nilfiyadoshlarga mansub suv oʻsimliklari. Kup yillik ildizli, barglari etli, uzun bandli, yuraksimon, suv betida suzib yuradi. Guli yakka, yirik, gulbandi uzun, kosachabargi yashil, gulbargi har xil rangli. Mevasi sharsimon, etli, kup urugʻli. Butun yer yuzida 40 dan ortiq turi bor. Oʻzbekistonda Amudaryo havzasida uchraydi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil