Nina Martinova
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Nina Ivanovna Martinova [1905.17(30).9, Dnepropetrovsk — 1977.16.8, Moskva] — aktrisa va rejissyor Oʻzbekiston xalqartisti (1950). A. Lunacharskiy nomidagi teatr sanʼati institutini tugatgan (1928). Boku, Tbilisi, Kiyev teatrlarida ishlagan. 1941—43 yillar Oʻzbekiston akademik rus drama teatrida, 1944—64 yillar Samarqand rus drama teatrida aktrisa. M. yaratgan lirik qahramonlarda ayollarga xos nafosat metin harakter bilan uygʻunlashib ketgan. Eng yaxshi rollari: Nina ("Maskarad"), Jessi ("Rus masalasi"), Dezdemona ("Otello"), Ofeliya ("Hamlet"), Lyubov Yarovaya ("Lyubov Yarovaya"), Xosiyat ("Paranji sirlari"), Anna Karenina ("Anna Karenina"), Frau Alving ("Arvoh") va boshqa Rej. sifatida "Doʻst — oʻrtoklar haqida" (V. Mass), "Bir stakan suv" (E. Skrib), "Akllilik balosi" (A. Griboyedov), "Oʻzganing soyasi" (K. Simonov) kabi asarlarni sahnalashtirgan.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |