Ninsya-xuey muxtor rayoni - Xitoy tarkibidagi maʼmuriy birlik, mamlakatning shimolida. Maydoni 60,4 ming km². Aholisi 5,38 mln. kishi (1998); 1/3 qismi dungan (xuey)lar. Maʼmuriy va iqtisodiy markazi — Inchuan shahri Xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik. Sholi, bugdoy, tariq, gaolyan, paxta, moyli ekinlar ekiladi. Chorvachilikda, asosan, qoʻy va qoramol boqiladi. Radiotexnika, elektronika, metallurgiya, toʻqimachilik va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Inchuan shahri yaqinidan toshkoʻmir va osh tuzi qazib olinadi. Xuanxe daryosida kema qatnaydi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil