Niobiy qotishmalari
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Niobiy qotishmalari - niobiy bilan boshqa elementlarni aralashtirib olinadigan, yuqori (1000° dan yuqori) temperaturaga chidamli materiallar. Vanadiy, sirkoniy, volfram, molibden va grafit bilan legirlab tayyorlangan Niobiy qotishmalari eng si-fatli hisoblanadi (q. Legirlash). Masalan, VN-3 markali qotishma tarkibi: molibden (Mo) — 4,0 — 5,2 %, sirkoniy (Zr) — 0,8 — 2,0%, uglerod (S) — 0,08 — 0,16% va qolgani niobiy. Niobiy qotishmalari vakuum-yoyli, elektron-nurli va plazma pechlarda olinadi. Niobiy qotishmalari bosim ostida yaxshi ishlanadi, payvandlanadi; ulardan pokovkalar, listlar, quvurlar tayyorlanadi. Niobiy qotishmalari motorsozlik, samolyotsozlik va raketasozlikda konstruksion material sifatida ishlatiladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |