Nishboshsoy - Toshkent viloyatidagi soy. Qurama tizmasining shim. yon bagʻridan, 3550 m balandlikdagi uncha katta boʻlmagan qorlikdan boshlanadi. Uzunligi 30 km, havzasining maydoni 180 km². Yuqori oqimi — Qashqasoy, oʻrta oqimi Lash-karaksoy bilan qoʻshilgunga qadar Loyak-soy deb ataladi. Yuqori va oʻrta oqimida chuqur, yon bagʻirlari tik vodiyda oqadi. Quyi oqimida 2—3 koʻhna qayiri (terrasa) bor. Qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 2,55 m³/ sek. Suvi koʻpayganda (mart—iyun) suv sarfi 3,52 m³/sek.dan 8,66 m³/sek. gacha oʻzgarib turadi. Umumiy uz. 141 km boʻlgan 75 ta irmogʻi bor. Eng yiriklari: Kichik Qashqasoy, Toʻrtkoʻl, Parak, Terakli, Beshsandiq va boshqa[1]

Nishboshsoy
Nishboshsoy quyi oqimida
Nishboshsoy quyi oqimida
Tavsif
Uzunligi 30
Davlat Oʻzbekiston
Nishboshsoy

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil