Nisob
Shariatda (Islom Huquqshunosligida) Nisob (Arab tilida: نصاب) Musulmon shaxsning zakot berish majburiyatini keltirib chiqaruvchi pul yoki mol mulkining miqdorini bildiradi. Nisob qiymati har yili O'zbekiston musulmonlar idorasi tomonidan belgilanadi. 2021-yil holatiga ko'ra zakotning tillodan nisobi 85[1] gramm bo‘lib, bugungi kunda 1 gramm tilloning o‘rtacha narxi 320 ming so‘m ekani e’tiboridan, zakot nisobi 27,2 million so‘m deb belgilangan.