Nissan Caravan
Nissan Caravan / Nissan Urvan (2012-yildan Nissan NV350) 1973-yildan beri Nissan tomonidan ishlab chiqarilgan yapon yengil tijorat avtomobillari va furgonlari seriyasidir. Bu model asosan yuk tashuvchi avtomobilsifatida foydalanilgan.
Nissan Caravan | |
---|---|
Asosiy maʼlumotlar | |
Ishlab chiqaruvchi | Nissan |
Boshqa nomlari | Nissan NV350 |
Model yili | 1973-yildan hozirgi kungacha |
Tasnifi | |
Sinfi | LCV |
Komponovkasi | Old motorli, orqa g'ildirakchali sxemasi |
Boshqa maʼlumotlar | |
Aloqador avtomobillar |
Volkswagen Transporterning o'xshash modellari Ford Transit Hyundai H-1 Mazda Bongo |
Birinchi avlod
tahrirBirinchi avlod (1973-1980) E20, E21 va E22 indekslari ostida ishlab chiqarilgan. Mikroavtobusning sigʻimi 10 oʻrindiqdan oshmagan. Avtomobilning oʻzi 1,5 va 2,0 litrli benzinli dvigatellar, shuningdek, 2,2 litrli dizel dvigatel bilan jihozlangan. 1980-yil avgust oyida E23 oʻrniga ikkinchi avlod egalladi va ishlab chiqarila boshlandi.
Ikkinchi avlod
tahrirIkkinchi avlod (1980-1986-yillar) E23 belgisi ostida ishlab chiqarilgan. Model 1982-yil may va 1983-yil aprel oylarida oʻzgarishga uchradi, SGL va GL modellari kvadrat faralar bilan jihozlandi. 1985-yil yanvar oyida oila 6-9 yoʻlovchiga sigʻadigan mikroavtobuslarni oʻz ichiga oldi. 1986-yil sentyabr oyida E24 oʻrniga uchinchi avlod ishlab chiqarila boshlandi.
Uchinchi avlod
tahrirUchinchi avlod (1986-2001-yillar) E24 indeksi ostida ishlab chiqarilgan va 1990-1995-yillarda modellar sezilarli darajada tiklangan. Xitoyda modellar FAW Jiefang CA 6440[1] nomi ostida First Automotive Works tomonidan ishlab chiqarilgan.
Toʻrtinchi avlod
tahrirToʻrtinchi avlod 2001-2012-yillarda E25 indeksi ostida ishlab chiqarilgan[2]. U Isuzu Fargo oʻrniga Isuzu Como nomi bilan Isuzu zavodida ishlab chiqarilgan.
Beshinchi avlod
tahrirNissan Caravanning zamonaviy versiyasi 2012-yildan buyon NV350 Caravan[3] belgisi ostida ishlab chiqarilmoqda. Filippinda 2015-yildan beri NV350 Urvan[4] belgisi ostida ishlab chiqarilmoqda. 2021-yilda bu modellarda katta oʻzgarishlar amalga oshirildi[5].
Manbalar
tahrir- ↑ „Spotted In China: FAW Jiefang CA5020XJH ex-Ambulance | ChinaCarHistory“ (en-US) (2017-yil 31-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 31-oktyabr.
- ↑ „Nissan safety | Urvan (E25) crash test — ANCAP“. web.archive.org (2014-yil 2-iyun). 2014-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-oktyabr.
- ↑ „NISSAN | Nissan Releases All-New NV350 Caravan“. web.archive.org (2016-yil 6-aprel). 2016-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-oktyabr.
- ↑ „BPI Auto Loans“. web.archive.org (2016-yil 4-aprel). 2016-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-oktyabr.
- ↑ „2022 Nissan Urvan levels up in luxury and design - Auto News“ (en). AutoIndustriya.com (2021-yil 20-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 31-oktyabr.