Nitratlashtiruvchi bakteriyalar

Nitratlashtiruvchi bakteriyalar — ammiak va ammoniy tuzlarini nitrat kislota tuzlari — nitratlarga aylantiruvchi bakteriyalar. Nitratlashtiruvchi bakteriyalar nitratlashuv jarayoniga sabab boʻladi. Ajralib chiqqan energiyani Nitratlashtiruvchi bakteriyalar organik moddalar sintezi uchun ishlatadi. Nitratlashtiruvchi bakteriyalar tuproqda va suv havzalarida yashaydi. Ular ishqoriy yoki neytral muhitli, yaxshi aeratsiyali tuprokdarda rivojlanadi. Shuning uchun nitratlashuv jarayoni yaxshi ishlov berilgan tuproqlarda jadalroq kechadi. Nitratlashtiruvchi bakteriyalar muhitning organik moddalariga juda sezgir av-totrof organizmlarshlr. Rus mikrobiologi S. N. Vinogradskiy 1890-yilda ammiakni nitritgacha oksidlab, hujayra sintezi uchun energiya oluvchi (qarang Xemosintez) va nitritlarni nitratlargacha oksidlovchi Nitratlashtiruvchi bakteriyalarni ajratib olgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil