Nitroanilinlar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Nitroanilinlar - organik birikmalar. Mol.m. 138,12; sariqrangli kristall moddalar. Issik, suvda, etanolda, dietilefirda, benzol, atseton, xloroformda yaxshi eriydi. Aromatik aminlar va nitrobirikmalarning xos-salarini namoyon qiladi. Kuchli anorganik kislotalar bilan tuzlar beradi. 2- va 3- N. ishqorlar bilan birga qizdirilganda tarkibidagi NH2 guruhi NH, koʻrinishida ajralib chiqib, tegishli nitrofenollarga aylanadi. Nit-rolanganda di- va polinitroanilinlar hosil boʻladi. Bulardan 2,4- dinit-roanilin (mol.m. 183,12, suyuqlanish temperaturasi 187—188°, zichligi 1,615 g/sm3) va 2, 4, 6- trinitroanilin (mol.m. 229,12, suyuqlanish temperaturasi 188—189°, zichligi 1,762 g/sm3) ahamiyatli hisoblanadi. Mononitroanilinlar (azoaminlar) — och va toʻq sariq, qizil rangli boʻyagichlar olishda, oqartiruvchi modda, pigment va korroziya ingibitori sifatida qoʻllanadi. 2, 4-dinitroanilin dis-pers azoboʻyagichlar, pigmentlar ishlab chiqarishda, organik sintezda va boshqalarda ishlatiladi. N. zaharli. Koʻz shilliq pardasi va te-riga kuchli taʼsir qiladi, terida pig-mentlanish va ekzemaga olib keladi, yurak-tomir va markaziy nerv siste-masiga, jigar faoliyatiga salbiy taʼsir qiladi, qondagi gemoglobinni metgemoglobinga aylantiradi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |