Nitrobenzol, C6H5NO2 - sargʻish-yashil moysimon suyuklik, achchiq bodom hidi keladi. Mol.m. 123,11. Suyuqlanish temperaturasi 5,85°, qaynash temperaturasi 211°, zichligi 1,2037 g/sm3. Kimyoviy xossalariga koʻra, aromatik nitrobi-rikmalarning yaqqol vakili. Suvda oz eriydi, dietil efir, benzol bilan har qanday nisbatda aralashadi, boshqa organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Sanoatda N. benzolni konsentrlangan HNO3 va H2SO4 aralashmasi bilan uzluksiz nitrolash yoʻli bilan olinadi. Anilin, tarkibida azot tutgan aromatik birikmalar (Mas, benzidin, xinolin, azobenzol) ishlab chiqarishda xom ashyo, sellyuloza efirlari uchun erituvchi, organik buyagichlar va boshqa olishda boshlangʻich mahsulot sifatida qoʻllanadi. N. zaharli. Teri orkali shimiladi, markaziy nerv sis-temasiga kuchli taʼsir qiladi, moddalar almashinuvini izdan chiqaradi, qondagi gemoglobinni oksidlab, metgemoglobinga aylantiradi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil