Nitrobirikmalar (S-nitrobi-rikmalar) — molekulasida uglerod ato-mi bilan toʻgʻridan-toʻfi bogʻlangan bitta yeki bir necha nitroguruh (NO2) saklovchi organik moddalar. Azotli va kislorodli nitrobirikmalar ham mavjud. Oddiy nitroalkanlar rangsiz suyuqliklar, aromatik N. esa och-sariqrangli, qaynash temperaturasi yuqori boʻlgan su-yuqliklar yoki qattiq moddalardir. Ular oʻziga xos hidga ega, suvda eriydi, bugʻ bilan haydaladi.

Nitroguruh kuchli elektronakseptor xususiyatga ega boʻlib, manfiy zaryadni delokallaydi. Aromatik birikmalarda induksion va mezomer effekti tu-fayli elektron zichlikning tarqalishiga taʼsir etadi. Bunda orto- va para-holatlarda lokallangan musbat zaryadning maʼlum bir qismini yadro oʻziga oladi. Organik birikmalarga nitroguruh kiritilganda ularning nukleofil reagentlarga nisbatan reaksion xususiyati oshadi, elektrofil reagentlar bilan reaksiyasini esa kiyinlashtiradi. Bu N.ni organik sintezda keng qoʻllash-ga, reaksiyalarni boshqarishga va kerakli yoʻnalishda davom ettirishga imkon beradi. N.dan tegishli tuzlar, alkillash mahsulotlari, karbonil birikmalari, gidroksam kislotalari, organik kislotalar, gidroksilamin, olefinlar, nitrenlar, aminobirik-malar, efirlar, nitrol kislotalari va boshqa olinadi. Polinitrobirikmalar portlovchi moddalar tayyorlashda, raketa yonilg'isi komponenti sifatida erituvchilar, biologik faol birikmalar, neftni deparafinlashda, insektitsid va gerbitsidlar ishlab chiqarishda qoʻllanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil