Nitrometan, CH3NO2 — achchiq bo-dom qidi keladigan rangsiz suyuklik. Mol.m. 61,042. Suyuqlanish temperaturasi — 28,55°, kaynash temperaturasi 108,8°, zichligi 1,1371 g/sm3. Suvda oz eriydi, azeatrop aralashma hosil qiladi; organik erituvchilarda (alifatik uglevodorodlardan tashqari) yaxshi eriydi. Kimyoviy xossalariga koʻra, N. — alifatik uglevodorodlarning yaqqol vakili. Sanoatda quyi alkanlarni (Mas, propan) 50— 70% li HNO3 bilan 400—700° da kimyoviy reaktorda destruktiv nitrolash nuli bilan olinadi. N. — efirsellyuloza loklari va smolalari uchun erituvchi, dizel yonilgʻilariga qoʻshimcha, bir komponentli raketa yonilgʻisi. Zaharli. Markaziy nerv sistemasini kuchli zaharlaydi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil