Nitrozobirikmalar (S - nit-rozobirikmalar) — molekulasida uglerod atomlari orqali bogʻlangan bir yoki bir nechta nitrozoguruh —N=0 tutgan organik moddalar. N., odatda, monomer va dimerlarning muvozanat holatidagi aralashmasi koʻrinishida mavjud boʻladi. Monomer N.ni nomlashda asos birikmalar nomiga "nitrozo" qoʻshimchasi qoʻshiladi. N.ning aksarisi dimer koʻrinishidagi holatda boʻladi, ammo organik qoldiqqa elektronakseptor oʻrinbosarlar kiritilishi monomerlar paydo boʻlishiga olib keladi. Dimer N.da trans-izomerlar sis-izomerlarga nisbatan barqarorroq. Eritmalarda yoki qizdirilganda dimer N. dissotsi-atsiyaga uchraydi. Monomer N. — gazlar yoki havorang yoki yashil rangli suyuqliklar, suvda yaxshi eriydi. Dimer N. — rangsiz kristallar, qutbli erituvchilarda yaxshi eriydi. N. birlamchi aminlarni Karo kislotasi taʼsirida yoki gidrooksilaminlarni organik perkislotalar bilan oksidlash usulida olinadi. Geterotsiklik birikmalar, aminokislotalar va boshqa sintezida, boʻyagichlar, dorivor preparatlar, elasto-merlar, issiqqa chidamli kauchuklar ishlab chiqarishda qoʻllanadi. Baʼzi N. mutagen va kanserogen faol moddalar, teri kasalliklarini paydo qiladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil