Nivelirlash — geodezik oʻlchashning bir turi; yer nuqtalari balandliklari farqi (nisbiy balandligi) aniklanib, ular orqali ushbu nuqtalarni qabul qilingan boshlangʻich sathdan hisoblanadigan balandliklari topiladi. Oʻzbekiston hududida bajariladigan asosiy geodezik-topografik ishlarda nuqtalar balandligini Kronshtadt (Sankt-Peterburg) futshtogining nol chizigʻi (shtrixi)ga nisbatan hisoblash qabul qilingan (qarang Mutlaq balandlik). N.ni bajarish uslubiga qarab geometrik N., trigonometrik N., fizik (gidrostatik, barometrik va aero) N. va stereofotogrammetrik N. turlariga boʻlinadi. Geometrik N. gorizontal vizir nur, trigonometrik N. esa kiya vizir nur yordamida bajariladi. Stereofotogrammetrik N. bir joyning ikkita qoʻsh aerosuratlarini maxsus optik asbob (Mas, stereoskop)da kuzatib hosil qilinadigan joy rel-yefi modelida oʻlchab bajariladi. Geometrik N. nisbatan sodda va anikligi yuqori boʻlib, amalda juda keng qoʻllanadi; trigonometrik N. esa aniqligi nisbatan past, u togʻli hududlarda qoʻllanadi. Katta hududlarning topofafik haritalarini tuzishda stereofotogrammetrik N. asosiy hisoblanadi. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil