Nixrom (nikel va xrom) — nikel olovbardosh qotishmalari guruhining umumiy nomi. Tarkibida 65—80% nikel (Ni), 15—35% xrom (Gr), 1—20% temir (Fe), 0,5—2% marganets (Mp) va alyuminiy (3,5% gacha), kremniy (1,5% gacha), uglerod, oltingugurt aralashmalari boʻladi. Tarkibida Fe miqdory 20% dan ortiqboʻlgan N. ferronixrom deb ataladi. U pastroq temperaturaga chidaydi. N.ning olovbardoshligi juda yuqori (1250° gacha), solishtirma elektr qarshiligi ham anchagina yukrri (1,05—1,4 mkom.m). Qarshilik elementlari, yukrri temperaturali sharoitda ishlaydigan detallar, baʼzan, reostatlar tayyorlashda ishlatiladi (yana qarang Nikelli qotishmalar).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil