Niyozbek qalʼasi
Niyozbek qalʼasi — Chirchiq daryosining oʻng qirgʻogʻidagi qalʼa harobasi. Toshkent va uning atrofini suv bilan taʼminlovchi qadimgi irrigatsiya inshooti — Boʻzsuvni dushmandan himoya qilish uchun qurilgan. Niyozbek qalʼasini 1935-yilda Vsevolod Jukov tekshirgan, lekin arxeologik qazish oʻtkazilmagan. Qalʼa toʻgʻri toʻrtburchak shaklida boʻlib, 2 m balandlikdagi koʻtarma xandaq bilan oʻralgan. Niyozbek qalʼasining ustki qismidan Qoʻqon xonligi (XIX asr) davriga oid materiallar topildi. 1865-yilda General Mixail Chernyayev boshchiligidagi podsho qoʻshinlari Toshkent shahrini qamal qilgan paytda xarobaga aylantirilgan[1][2].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |