Niyozbuvi Davlatova
Niyozbuvi Davlatova (1923-yil, Past Dargʻom tumani, Samarqand viloyati — ?) — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957), KPSS aʼzosi (1955)[1].
Niyozbuvi Davlatova | |
---|---|
Tavalludi |
1923-yil Oqsoy qishlogʻi, Past Dargʻom tumani, Samarqand viloyati |
Vafoti | nomaʼlum |
Fuqaroligi | SSSR |
Kasbi | Qishloq xoʻjaligi xodimi, paxtakor |
Unvoni | |
Mukofotlari |
Tarjimayi holi
tahrirNiyozbuvi Davlatova 1923-yil Past Dargʻom tumanida tavallud topgan. Davlatova Past Dargʻom tumanidagi „Oliy Sovet“ kolxozida tabelchi (1939—1947), Kalinin nomli kolxozda zveno boshligʻi (1947—1951), „22-partsyezd“ kolxozida kichik yoshdagi bolalar bogʻchasi mudirasi (1951—1955), brigadir (1955—1958), rais muovini (1958—1959), Poʻlatchi qishloq sovetining raisi (1959), „Moskva“ kolxozida partiya tashkilotining kotibi (1960), partiya qoʻmitasining instruktori (1961—1962), „Pravda“ kolxozining raisi (1963—1964), brigadir (1965—1967), 1968-yildan Telman qishloq sovetining raisi boʻlib ishlagan. Davlatova rahbarligidagi brigada 82 gektar maydondan oʻrtacha 38,5 sentner paxta yetishtirgan (1956)[2].
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzSE 1972, s. 527
- ↑ OʻzSE 1972, s. 528
Adabiyotlar
tahrir- Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, III tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1973 — 640-bet.