Raʼno Nizomova
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Raʼno Hoshimovna Nizomova (1935.25.12, Qoʻqon) — raqqosa, baletmeyster, pedagog. Oʻzbekiston xalq ar-tisti (1974). Toshkent xoreografiya bilim yurtini mumtoz raqs boʻlimini (1954), Toshkent madaniyat institutining rejissyorlik boʻlimini (1982) tugatgan. 1954—57 yil Navoiy teatrida, 1957—78 yillar "Bahor" ansamblida yetakchi raqqosa (ayni vaqtda 1956-yildan repetitor-baletmeyster va badiiy rahbar oʻrinbosari). "Nargiz" bolalar ashula va raqs ansamblining tashkilotchisi (1978), badiiy rahbari va baletmeyster (1989-yilgacha). 1980-yildan Toshkent madaniyat institutining xoreografiya boʻli-mida oʻqituvchi (1992-yildan professor).
Raʼno Nizomova ("Pomircha raqs Navoiy teatrining "Oqqush koʻli", "Uyqudagi goʻzal", "Yetti goʻzal", "Esmeralda", "Jizel" va boshqa spektakllarida balet partiyalarini ijro etgan. N.ning ijodi serqirra boʻlib, Far-gʻona, Buxoro, Xorazm uslubidagi oʻzbek mumtoz, xalq zamonaviy raqslarini, qardosh va xorijiy xalqlar raqsini bir maromda mahorat bilan ijro etgan. N. repertuaridan "Bahor" ansamblida "Pilla", "Jonon", "Rohat", "Tanavor", "Fargʻona ruboiysi", "Asta qiyolab oʻtdi", "Oʻyna Raʼno", "Buxorocha raqs", "Togʻli Badaxshon raqsi", "Zav-qim kelur", "Shoʻx qiz", "Oʻynasin" kabi hamda afgʻon, hind, pokiston, polyak va boshqa xalqlar raqslari oʻrin olgan. Baletmeyster sifatida "Lolalar", "Yoshlik valsi", "Soqiynomai Bayot", "Dilxiroj", "Oʻzbekiston qizlari", "Duxtari zebo" va boshqa raqslarni sahnalashtirgan. Avstriya, Chexoslovakiya, Indoneziya, Yaponiya, Hindiston, Pokiston, Kanada, Misr va boshqa mamlakatlarda gastrolda boʻlgan.[1]
Manbalar
tahrir- Havaskorlik bolalar va raqs ansambllarini tashkil qilish va ularning faoliya-ti (hamkorlikda), T., 1985.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |