Nodirbek Primqulov (oʻzbekcha: Нодирбек Примкулов; 1998-yil 18-sentyabrda tugʻilgan) — oʻzbek estrada xonandasi va aktyori[1][2].

Nodirbek Primqulov
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 1998-yil 18-sentyabr
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Kasbi qoʻshiqchi, aktyor
Janr folk rok, pop
Faoliyat yillari 2012-yildan hozirgi kunga qadar

Nodirbek Primqulov oʻz ijodiy faoliyatini 2012-yilda boshlagan. Xonanda ilk bora 2016-yilda „Yomg‘irlar“ qo‘shig‘i bilan tanilgan[3].

Biografiyasi tahrir

Nodirbek Primqulov 1998-yil 18-sentabrda Namangan viloyatida tug‘ilgan. 2005—2008-yillarda Namangan shahridagi 34-maktabda tahsil olgan. 2014—2017-yillarda Namangan akademik litseyida tahsil olgan[4][5].

Karyerasi tahrir

Nodirbek Primqulov 2012—2016-yillarda Namangandagi sanʼat maktabida vokal yoʻnalishida tahsil olgan. 2016-yil boshida Primqulov oʻzining „Chiroylisan“ deb nomlangan ilk qoʻshigʻini ijro etadi va bu qoʻshiq unga juda katta shuhrat keltiradi. 2016-yilning oxirida esa „Yomgirlar“ nomli taronasini muxlislar eʼtiboriga havola etadi[6]. Biroq bu qo‘shiq Primqulovga unchalik ham omad keltirmaydi. 2017-yilda Nodirbek Primqulov o‘zining „Maryamjon“ deb nomlangan qo‘shig‘ini oʻz muxlislariga taqdim etgach, „Maryamjon“ qoʻshigʻi unga juda katta shuhrat olib keladi[7][8]. 2018-yilda Primqulovning „Ramazon“ deb nomlangan qo‘shig‘ida hayotning juda ko‘p jihatlari ochib berilgan boʻlib, ushbu qo‘shiq nafaqat yoshlar, balki kattalar orasida ham mashhur bo‘lib bormoqda. 2019-yil boshida Primqulov o‘zining navbatdagi „Afsonalar vodiysi“ nomli qo‘shig‘ini ham xalqqa taqdim etadi. Xonandaning muxlislari „Afsonalar vodiysi“ qo‘shig‘ini juda ham iliq kutib olishadi[9]. 2019-yil oxiriga kelib, u „Namangon“ qo‘shig‘ini ijro etadi, bu esa Namangada Primqulov ijodiga talabning yanada oshishiga sababchi boʻladi. 2022-yilda u „Yurak“ deb nomlangan qoʻshigʻini ijro etadi. 2022-yilda Primqulov „Onamni kelini“ va „G‘ozal“ qo‘shiqlarini, shu yilda esa „Qaddi Usmonim“ deb nomlangan ilk musiqiy albomini muxlislarga taqdim etdi[10]

Taronalari tahrir

  • „Yomgʻirlar“
  • „Chiroylisan“
  • „Marjona“
  • „Ramozon“
  • „Afsonalar vodisi“
  • „Qadri osmonim“
  • „Namangan“
  • „Xodisa“
  • „Yurak“
  • „Goʻzal-goʻzal“
  • „Onamning kelini“

Diskografiya tahrir

Albomi tahrir

Yil Albomlar
2022 Qadri osmonim

Filmografiya tahrir

Filmlar
Yil Rus tilida sarlavha Oʻzbekcha ism Rol Izohlar
2014-yil Sumalak Sumalak sayli Nodirbek Musiqiy film
2015-yil Kanun Novogo goda Yangili oqshomi Murod
2016-yil Navroz Navroz sayli Bek Musiqiy film
2017-yil Lyubimyy novyy god Sevimli yangi yil Aziz Musiqiy film
2018-yil S Novym Godom Zoʻr yangi yil Nodir Musiqiy film
2019-yil Prekrasnaya novogodnyaya noch Sevimli yangi yil oqshomi Nodirbek
2021- yil S Novym Godom Zoʻr yangi yil Ashulachi Musiqiy film

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir