Turdi Nodirov (1936.5.10, Toshkent) — kinorej.-operator. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1973). Moskva kinematografiya institutini tugatgan (1959). "Oʻzbekfilm"da operator (1959—61), Oʻzbekiston ilmiyommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasida rejissyor-operator (1961—86), direktor (1976—86). 1989—2002-yillar "Oʻzbekiston videomarkazi" da rejissyoroperator, 2002-yildan Oʻzbekiston kino arboblari birlashmasi raisining birinchi oʻrinbosari. Ijodiy faoliyatini 1959-yil "Mahallada duv-duv ran" filmiga ope-ratorlik qilishdan boshlagan. "Zangori olov kishilari" hujjatli filmi (1960) N.ning hujjatli kinodagi birinchi ishidir. U oʻz ijodi davomida 130 dan ortiq ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar yaratdi ("Salom, bahor", "Oltin toʻy", "Tojixon bilan uchrashuv", "Askiya", "Registon", "Oʻn uch qaldirgʻoch", "Kanadada sakkiz kun", "Oltin Bengaliya", "Xalq oʻyinlari" va boshqalar). Operatorga xos kuzatuvchanlik, voqelikka ijodiy yondashuv, hozirjavoblik, lavhadagi har bir epizodni tez ilgʻab olish, suratga olish jarayonida improvizatsiya bilan ishlash N, ijodiga xosdir. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1975).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil