Nodirxon Hasanov — (1971, Toshkent) adabiyotshunos, tasavvufshunos olim, Filologiya fanlari nomzodi (1999).

Faoliyati

tahrir

Toshkent Davlat universiteti (Hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) Oʻzbek filologiyasi fakultetini tugatgan (1994). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida ishlagan (1995).

Tarjimalari

tahrir

Muhiddin ibn Arobiyning „Shaytonning hiylalari“ (1996), Usmon Turarning „Turkiyada yassaviyshunoslik“, „Tasavvuf tarixi“ (1999), Mahmud Asad Joʻshonning „Tasavvuf va nafs tarbiyasi“ (2000), Ahmad Lutfiy Qozonchining „Saodat asri qissalari“ (I,II kitob, 2002—2003), Muhammad Zohid Qutquning „Moʻminning sifatlari“ kabi tarjima asarlari bor.

Asarlari

tahrir

„Ahmad Mahmud Haziniy“ (2001), „Xoja Ahmad Yassaviy: hayoti, ijodi va anʼanalari“ (2001), "Xoja Ahmad Yassaviy „Devoni hikmat“ (yangi topilgan hikmatlar, 2004), "Xoja Ahmad Yassaviy „Devoni hikmat“ (I.Haqqul bilan hamkorlikda, 2006) kitoblari nashr etilgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. XX asr Oʻzbek mumtoz adabiyotshunosligi. Toshkent: «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» [2016] — 518-bet.