Noin-ula — hun zodagonlari qabristoni (miloddan avvalgi 1-asr — milodiy 1-asr boshi). Shimoliy Moʻgʻulistondagi Noin-Ula togʻida (Ulan Batordan 130 km shim.da) joylashgan. 1924—25 yillarda arxeolog P. K. Kozlov, keyinchalik MXR Fanlar komiteti tomonidan qazishma ishlari olib borilgan. Qabristonda 200 dan ortiq kvadrat shakldagi katta mozorqoʻrgʻonlar (balandligi 2 m gacha) bor. Mozorqoʻrgʻonlardan hunlar davri madani-yatini aks ettiruvchi boy topilmalar chiqqan. Bu davrda hun zodagonlari Xi-toydagi Xan sulolasi bilan yaqin mada-niy va qarindoshlik aloqalarida boʻlganlar. Mozorqoʻrgʻonlardagi qabrlar xodalardan ishlangan. Qabrlardan hunlarga tegishli qurol-yarogʻ, roʻzgʻor ashyolari, kiyim-kechak, sanʼat buyumlari bilan birga xitoyliklarga oid koʻplab jez, nefrit, usti loklangan yogʻoch buyumlar va katta miqdorda ipak matolar topilgan. N.-U. dan chiqqan yuksak badiiy qimmatga ega boʻlgan jun matolar, ayniqsa, diqqatga sazovor; ular Baqtriya, Parfiya, Kichik Osiyodan keltirilgan boʻlib, Sharq bilan Gʻarb oʻrtasida bu davrda Buyuk ipak yoʻli or-qali olib borilgan qizgʻin savdo alo-qalari natijasida hunlarda paydo boʻlgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil