Nomiq Kamol

Turk yozuvchisi, publitsist va davlat arbobi

Nomiq Kamol (taxallusi; asl ismi Mehmed, 1840.21.12, Taqirtogʻ – 1888.2.12, Sakiz oroli) – turk yozuvchisi, publitsist va davlat arbobi.

Nomiq Kamol
Tavalludi 21-dekabr 1840
Vafoti 2-dekabr 1888
Ijod qilgan tillari Usmonli turk tili va Turk tili
Fuqaroligi Usmonli imperiyasi

Turk dramaturgiyasini rivojlantirib, romanchilikka asos solgan yozuvchilardan biri. „Yangi usmonlilar“ jamiyatining aʼzosi (1865). „Fikr tasviri“ gaz.ni tashkil etgan. Abdulhamid II hukmron-ligi davrida N. K. Midilli oroliga surgun qilingan. Surgunda „Jaloliddin Xorazmshox“ pyesasini yozgan. Asarda bosh qaxramon Jaloliddin Manguberdining moʻgʻul bosqinchilariga qarshi mardona kurashi misolida hur-riyatparvarlik fikrlari olgʻa surilgan. Pyesa sulton Abdulhamid II ga maqbul kelib, N. K.ni Rodosi (1884), Sakiz (1887) o. lariga hokim etib tayinlagan. Asarlarida vatanparvarlik, millatparvarlik, hurriyat, maʼrifat-parvarlik, tenglik gʻoyalari aks etgan. Shaxs erki, vatan manfaatini doim bi-rinchi oʻringa qoʻygan. Romantik ruxdagi asarlarida hamisha adolat tantanasi tasvirlangan. „Bechora bola“ (1873), „Akifbey“ (1874), „Gulnihol“ (1875), „Jaloliddin Xorazmshoh“ (1875) pye-salari, „Intibax“ (1876), „Jazmiy“ (1880) romanlari, sheʼrlari, publitsistik maqolalari, usmoniylar tarixiga bagʻishlangan ilmiy asarlari (Usmonli tarixi, 1971—74; Buyuk Is-lom tarixi, 1975) N. K.ni davrining eng mashhur adibi sifatida tanitdi. Uning sheʼrlari toʻplam holida 1941-yil S. N. Ergʻun tomonidan eʼlon qilingan. „Jaloliddin Xorazmshoh“ pyesasi oʻzbek tiliga tarjima qilinib (tarjimon Xurshid Davron), televideniye or-qali namoyish etilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir