Non sindirish - nikoh toʻyi marosimlaridan. Oʻrta Osiyo xalqlari, jumladan, oʻzbeklar oʻrtasida keng tarqalgan. Non sindirish otaning sovchi yuborgan oilaga qizini uzatishga rozi ekanligi, vaʼdaning qatʼiy va muqaddasligini, shuningdek, kuyov-kelin, quda oilalar ahil boʻlishiga bildirilgan istakni ifodalaydi. Non sindirish odati ayrim mahalliy tafovutlarga ega. Chunonchi, Fargʻona vodiysidagi oʻzbeklarda Non sindirish qizning otasi rozi boʻlgach, bajarila-di: sovchilar keltirgan dasturxon ochilib, noni sindiriladi, soʻng toʻy ma-salalari aniklanadi. Ilgari Surxon-daryo vodiysida Non sindirish qalin miqdorini belgilashdan soʻng oʻtkazilgan — non teng ikkiga boʻlinib, kelin va kuyovning qarindoshlariga taqsimlangan.

Non sindirishning qay darajada oʻtkazilishi kuyov va kelin tomonning iqtisodiy ahvoliga bogʻliq boʻlgan. Ilgari Non sindirish bilan fotiha toʻyi alohida marosim tarzida uyushtirilgan boʻlsa, keyingi yillarda Non sindirish ixchamlashtirilib, qoʻshilib ham oʻtkazilmoqda. Non sindirishda unashtirilgan qiz yigit tomoniga va yigit esa qizning yaqin qarindosh-urugʻlariga hurmat yuzasidan koʻrinmaslikka harakat qiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil