Noosfera (yunoncha: noos — aql-idrok va sphaira — shar) — biosferannng inson aql-idroki hukmronlik qiladigan yangi xrlati. N.da inson biosfera rivojlanishini belgilab beradigan asosiy omil hisoblanadi. N. tushunchasini 1927-yilda fransuz olimlari E. Lerun va P. Teyetyar de Sharden fanga kiritishgan boʻlib, ular N.ni biosfera ustidan hukmronlik qiluvchi, yerni oʻrab olgan aql-idrok kavati deb karashgan. V. I. Vernandskiy 20-asrning 30—90-yillarida N. toʻgʻrisidagi materialistik tushunchani ilgari surdi. Uning fikricha, jamiyatning oʻzaro munosabatlari natijasida paydo boʻlgan biosferaning sifat jihatidan yangi, inson manfaati yoʻlida qayta tashkil etilgan evolyusion xrlatidir. Tibbiyot qonuniyatlarining tafakkur va jamiyatning ijtimoiy-iktisodiy qonuniyatlari bilan uygʻunlashib ketishi N. uchun xos xususiyat hisoblanadi. N.ning ayrim tarkibiy-funksional elementlari jamiyat rivojlanishining hozirgi davridayoq yuzaga kelmoqda. Rivojlanishning umumbashariy muam-molarini hal qilish maqsadida insonlar kuch-qudrati birlashib borgan sari biosferaning N.ga aylanishi ham kuchayib boradi.[1] Biosferadagi barcha tirik organizmlar yig’indisini 1. Vernadskiy «jonli modda» deb ataydi va uning tarkibiga insoniyatni ham kiritadi. Biosferaning o'zgarishida inson ongi butunlay yangi qudratli omil ekanligini takidlaydi.Aqlli inson o'z taraqqiyotida biosferaning inson tomonidan boshqariladigan yangi sifat holati noosfera (aql,tafakkur qobig'i) ga o'tishi muqarrardir. V.I. Vernadskiyning fikricha noosfera (biosfera rivojining oliy bosqichi) bizning sayyoramizdagi yangi geologik hodisalardir. Inson noosferada birinchi bor yirik geologik kuchga aylanadi.U o'z aqli va mehnati bilan yashash makonini o'zgartiradi va qayta bunyod qiladi.

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil