Nora Georgiyevna
Nora Georgiyevna Adamyan (asl ismi va familiyasi Eleonora Georgiyevna Adamova; 1910-yil 31-may – 1991-yil 14-dekabr) – rus sovet yozuvchisi va tarjimoni. U 1950-yildan boshlab SSSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi boʻlgan.
Nora Adamyan | |
---|---|
Asl ismi | Nora Georgiyevna Adamyan |
Tavalludi |
1910-yil 31-may |
Vafoti |
1991-yil 14-dekabr Moskva |
Ijod qilgan tillari | Rus tili va Arman tili |
Fuqaroligi | SSSR |
Biografiyasi
tahrirYozuvchining bolalik, oʻsmirlik va ijodiy shakllanish davri Kavkazorti hududida oʻtganligi sababli, uning koʻplab hikoyalarida turli millatlarga mansub insonlar tasvirlangan. U 1927-1930-yillarda Boku universitetida taʼlim olgan. 1938-yildan 1945-yilgacha Yerevanda rus tilida chop etiladigan „Kommunist“ gazetasi tahririyatida mehnat qilgan[1].
Ijodi
tahrirAdabiy faoliyatni asosan tarjimalar bilan 1939-yilda boshlagan. 1953-yildan oʻz ijodiy ishlarini chop ettira boshlagan va 1954-yilda uning „Rasskazi“ nomli birinchi toʻplami nashr etilgan. Yozuvchining asosiy mavzusi – axloqiy muammolar va zamondoshlarning quvonch-u tashvishlari bilan toʻla hayoti boʻlgan. „Krasniy svet“ va „Nol tri“ qissalarida muallif tibbiyot xodimlarining yorqin, xotirada qoladigan obrazlarini yaratgan, ularning maqsadli va mashaqqatli mehnat muhitini tasvirlagan[2]. „Vtoraya jena“ romanida qurilish toʻgʻonining muhandisi shaxsiy muvaffaqiyatsizliklariga qaramay, oʻz gʻoyalari uchun fidokorona kurash olib borgani hikoya qilinadi. „Noviy sosed“ qissasining bosh qahramoni – koʻzga tashlanmaydigan, oddiy odam – oʻziga deyarli notanish boʻlgan kishilarga nisbatan gʻayritabiiy mehribonlik koʻrsatadi. Nora Adamyanning asarlari „Sovetskiy pisatel“ nashriyotida, „Ogonyok“, „Noviy mir“, „Moskva“ va „Znamya“ jurnallarida chop etilgan. Ingliz, fransuz, italyan, xitoy, arman va boshqa tillarga tarjima qilingan. Uning shaxsiy tarjimalari asosan zamonaviy arman adabiyoti asarlariga qaratilgan. Nora Adamyan va uning turmush oʻrtogʻi Yakov Volchekning ssenariysi asosida 1965-yilda „Tallinfilm“ studiyasida „Nol tri“ filmi suratga olingan[3] Yakova Volcheka[4]. Shu nomdagi qissaga asoslangan radio spektaklda mashhur aktyorlar: Mariya Babanova, Georgiy Vitsin, Yuriy Puziryevlar ishtirok etishgan. 1984-yilda Nora Adamyan „Ogonyok“ jurnali mukofotiga sazovor boʻlgan. 1960—1980-yillarda u Ya. I.Volchek bilan birga „Sovetskiy pisatel“ uy-joy kooperativida (Krasnoarmeyskaya koʻchasidagi 25-uy) istiqomat qilgan[5][6]. Nora Yerevandagi Toxmax qabristonidagi oilaviy daxmaga dafn etilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ [1]„Краткая литературная энциклопедия“, t.1, M., 1962
- ↑ Адамян, Нора. Красный свет: роман, повести. М.: Советский писатель, 1975. (Annotatsiya k knige)
- ↑ Semeynoe zaxoronenie N. Adamyan i Ya Volcheka na kladbiщe Toxmax v Yerevane
- ↑ „Авторский коллектив фильма «[[Ноль три]]»“. 2018-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-yanvar.
- ↑ Справочник СП СССР 1964.
- ↑ Справочник СП СССР 1986.