Norak — Tojikistondagi daryo. Vaxshning oʻng irmogʻi. Uzunligi 20 km, suv toʻplash maydoni 88,6 km2, havzasining oʻrtacha balandligi 1500 m. Oʻrtacha yillik suv sarfi 1 m3/sek. chamasida. N. asosan, mavsumiy qor va yomgir suvlaridan toʻyinadi. Aprel—may oylarida suvi koʻpayadi. N. daryosining Vaxshga quyilish joyida Norak suv ombori toʻgʻoni qurilgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil