Norim-norim (fors. — anor soʻzidan) — Xorazmda keng tarqalgan kuy va anʼanaviy erkaklar raqsi. Xalqbayramlari va turli tomoshalarda xalq cholgʻu ansambli joʻrligida ijro etiladi, koʻpincha qayroq ham joʻr boʻladi. Ijrochilar (2—4 erkak) qarama-qarshi turib raqsga tushadi. Raqs ikki qismdan iborat. Birinchisi tantanavor tarzda toʻrt chorakli (4/4) usulda ijro etiladi, asosan, qoʻllar roʻbaroʻ holda tutilib, yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga harakat qiladi. Ikkinchisi shoʻx va ildam ufar (6/8) usulida oyoq va butun gavda harakati bilan ijro etiladi. Norim-norim va ufarisining ashula va-riantlari mavjud. Oʻzbek bastakor va kompozitorlari oʻz asarlari (Mas, S.Yudakovning "Xorazmcha bayramona yurish" uvertyurasi va boshqalar)da Norim-norim kuy va usullaridan foydalanganlar.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil