Saidmaqmud Norqoʻziyev
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Saidmaqmud Norqoʻziyev (1883 - Qoʻqon — 1967.27.12) — naqqosh, boʻyama naqsh ustasi; Fargʻona naqqoshlik maktabini yaratgan. Hunarni otasi usta Norqoʻzi Nurmatovdan oʻrgangan. Otasi va usta naqqosh Muhammad Soli rahbarligida ishlagan, turar joy, masjidlarni bezashda qatnashgan. 1903-yildan mustaqil usta. Qoʻqon, Andijon (Mamajon mingboshining uyi), Margʻilon, Oʻsh, Jalolobod (Barot hoji uyi, Matqosim masjidi) va boshqa joylarda shuhrat qozongan; klub, choyxona, madaniyat saroylarini bezagan. Toshkentdagi Navoiy teatri binosining Fargʻona zalini bezagan ustalarga rax.barlik qilgan, teatr sahna pardasi uchun naqshlarning chizmasini yaratgan. Meʼmoriy yodgorliklarni taʼmirlashda faollik koʻrsatgan, jumladan, Quqondagi Xudoyorxon oʻrdasini taʼmirlashda qatnashgan (40—50-yillar). N. yaratgan naqshlarida ranglar uygʻunligiga erishgan: naqsh zaminida zangori, bargi karam (yashil), qizil ranglar, naqshlarda hamma ranglardan foydalangan, tilla hal ishlatgan.
N. yaratgan naqsh mujassamotlari respublika va xalqaro koʻrgazmalarda namoyish etilgan. N. koʻplab shogirdlar tayyorlagan. Shulardan oʻgʻli Said-ahmad Mahmudov Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi akademigi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |