NORUDA (NOMETALL) FOYDALI QAZILMALAR — sanoat va qurilishda tabiiy holatda yoki turli xil ishlov berilgandan keyin foydalaniladigan, shuningdek, ulardan nometall elementlarni yoki ularning birikmalari ajratib olinadigan yonmaydigan qattiq togʻ jinslari yoki minerallar. Ulardan kompleks foydalanish mumkin. Noruda foydali qazilmalarq. turi yuzdan ziyod. Qazib olish va ulardan foydalanish boʻyicha eng muhim xom ashyolar qatorida turadi. Noruda foydali qazilmalarq.ning hozirga qadar sistemalashtirilgan yagona tasnifi yoʻq. Odatda foydalanish sohasiga qarab 4 guruhga boʻladilar: konchilik-kimyo hom ashyosi — apatit, galit, tugʻma oltingugurt, oltingugurt kolchedani, barit, tabiiy tuz va boshqa (bularning aksariyatidan mineral oʻgʻit ishlab chikariladi); konchilik-metallurgiya xom ashyosi — oʻtga chidamli materiallar ishlab chiqarish, flyus si-fatida ishlatiluvchi qoliplash materiallari (gil va qumlar); qurilish materiallari — noruda qurilish ma-teriallari, keramika va shisha xom ashyosi, bogʻlovchi materiallar uchun xom ashyo, mineral boʻyoklar, issiklik va shovqin oʻtkazmaydigan materiallar; nometall ruda xom ashyosi — texnik kristallar (olmos, pyezokvars, Islandiya shpati, muskovit, agat va boshqalar), qimmatbaho va zebu ziynat buyumlari yasashda ishlatiladigan toshlar (zargarlik olmosi, zumrad, yoqut, topaz, malaxit, feruza, kahrabo va boshqalar); bu toifaga yana, odatda, asbest, talk, grafit, korund, najdakni ham kiritadilar. Texnika taraqqiyoti jarayonida Noruda foydali qazilmalarq. tarkibiga tobora yangi togʻ jinslari va minerallar qoʻshilib bormoqda.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil