Nosqovoq, nosdon, noskadi — nos solinadigan idish. Ogʻzi tiqin bilan ber-kitiladigan boʻgʻzi tor, quyi qismi keng shaklda boʻladi. Qovoq (suv-qovoq)ning poʻsti qattiq alohida navidan maxsus oʻstirib tayyorlanadi (baʼzan qovoq tuga boshlagandan soʻng istalgan shaklda qolip yasab, unga kiygizib qoʻyiladi va kerakli shaklga solinadi); bandi oʻrni (bosh qismi)dan teshiladi, ichi qirib tozalanadi, ichi 1—2 kun yogʻga toʻldirib qoʻyiladi, yogʻ qovoq poʻstiga shimilgach, rangi jigarrang, qizil tusga kiradi. Shundan soʻng buyum yuzasi silliqlanadi, oʻyma va boʻyama naqshlar bilan bezatiladi; mis, birinj, kumush va boshqa xom ashyolardan qopqoq, zanjir, belbogʻ qilinadi, baʼzan koʻzmunchoq va tangachalar osiladi hamda qopqoq qismiga qimmatbaho toshlar qadaladi. Fargʻona vodiysida mis, kumush, mol shoxi va boshqalardan dumaloq va ellips shakli (koʻpincha obdas-ta koʻrinishi)da yasalgan turi nosdon deb ataladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil