Nosir Toʻra Sultoniy

Muhammad Rahimxon II Feruzning saroy shoirlaridan
(Nosir To'ra Sultoniydan yoʻnaltirildi)

Nosir Toʻra Sultoniy (XIX asrning oxiri- Xiva, 1944-yil, Krivoy Rog, Ukraina) – Muhammad Rahimxon II Feruzning saroy shoirlaridan. Shoir, xattot va rassom boʻlgan.[1]

Nosir To'ra
Tavalludi XIX asr oxiri
Xiva, Nurullaboy saroyi
Vafoti 1944 yil
Krivoy Rog (Ukraina)
Fuqaroligi Xiva xonligi-USSR
Kasbi Shoir, xattot va rassom.
Unvoni Podshozoda (Xorazm shahzodasi)
Otasi Muhammadyor To'ra

Oilasi

tahrir

Otasi Muhammadyor To’ra Muhammad Rahimxon II ning ikkinchi oʻgʻli. Nosir Toʻraning taxallusi Sultoniy boʻlgan. U Xiva shahrining tashqarisidagi Nurillaboy saroyida tugʻilgan.

Taʼlimi

tahrir

Nosir Toʻra eski usuldagi maktabni tamomlagan, lekin madrasada taʼlim olmagan. Nosir Toʻra devon tartib bergan boʻlishi mumkin. Yozgan sheʼrlarini bobosi Muhammad Rahimxon Feruzga oʻzi kiritib bergan.  Bobosi unga Yusuf Bayoniy ismli kishini ustoz qilib tayinlagan. 17 yoshidan boshlab ustozi unga sheʼr yozishni mashq qildirgan.

Faoliyati

tahrir

Muhammad Rahimxon avlodlarini ruslar surgun qilgan paytda barcha devon va sheʼrlari Toshkentga olib ketilgan. Ehtimol Sharqshunoslik institutida oʻz tadqiqotchisini kutib yotgandir. Nosir Toʻra hech qanday davlat ishlarida ishtirok etmagan.

Surgundagi yillar

tahrir

Xorazmni Bolsheviklar bosib olgandan soʻng, 1920 yil 12 iyundan boshlab, boshqa toʻralar qatorida Rossiyaning chet oʻlkalariga 3 yildan 5 yilgacha surgun qilingan. Surgun qilinganlar avval Toshkent undan Samara orqali Moskvada: 2 hafta Ordinck kontslagerida, 10 oyni esa Andraykovck lagerida oʻtkazdilar. Shundan soʻng Ivanovck lagerida boʻldilar. 1922 yil 12 fevralida Sovet hukumati quvgʻindagilarni ozod qildi va oʻz kunlarini oʻzlari koʻrishlariga hukm qildi. Markaziy GPU Yekaterinoslavga joʻnashni „maslahat“ berdi. Xivaning soʻngi xoni Said Abdullaxon avlodlariga u yoqda hech qanday ish topilmadi. Oilaning barcha aʼzolari Verxovtsevo shahriga kelib oʻrnashadilar va u yerdagi sovxozda 15 oy ishlaydilar. 1924 yil 15 iyuldan Abdurasul To’radan tashqari Krivoy Rogdagi „Dubovaya Balka“ (keyinchalik „Bolshevik deb nom olgan“) koniga joʻnatiladi. 1925 yil 30 iyuldan xon avlodlari mahalliy hokimiyat boʻlimlariga va siyosiy boshqarmalariga oʻz vatanlariga qaytishga ruxsat soʻrab iltimosnomalar yozadilar. Ammo Ukraina hukumatining soʻrovi  Sovet Hokimiyati tomonidan nomaʼqul deb topiladi. 1933 yildan koʻchmanchilarga oʻz uylariga qaytish yoki boshqa joyga cheklovsiz oʻrnashib olishga ruxsat beriladi[2].   

 Vafoti

tahrir

Xorazmning soʻnggi hukmdori  Said Abdullaxon 1933 yil vafot etgandan soʻng, Krivoy Rogda Nosir toʻra va akasi Abdurasul toʻra qoladilar. Nosir Toʻra koʻp marta uylansa-da, hamma xotinlari kambagʻalligidan uni tashlab ketgan. Nosir toʻra  – 1944 yilda yolgʻizlikda vafot etgan.[3]   

Manbalar

tahrir
  1. Bobojon Tarroh -Xodim.. "Xorazm navozandalari" (o'zbek). G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti., 1994 yil — 96 bet-bet. ISBN 5-635-01428-3. 
  2. Aleksey Melnikov. [www.mytashkent.uz „istoriya“] (rus). Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  3. Muhammad Yusuf Bayoniy. "Shajarayi Xorazmshohiy" (o'zbek). G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1994 yil — 104 bet-bet. ISBN 635-01449-6.