Nosir Yoqubov
Nosir Norovich Yoqubov (oʻzbekcha: Nasirdjan Norovich Yakubov; 1943-yil 6-sentabrda Samarqandda tugʻilgan) — sovet va oʻzbek siyosatchisi, ayni paytda nafaqada.
Nosir Norovich Yoqubov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Yoqubov Nosirjon Norovich 6-sentyabr 1943-yil Samarqand, Oʻzbekiston SSR |
Bolalari |
Yoqubov Nor Yoqubova Yana Yoqubovа Emma |
Onasi | Rеdina Polina Petrovna |
Otasi | Yoqubov Nor Yoqubovich |
Ilmiy unvoni | Tarix fanlari nomzodi |
Biografiyasi
tahrirYoqubov Nosir Norovich faoliyati davomida uzoq yillar: Oʻzbekiston komsomoli Samarqand viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi; Samarqand shahrining Bogʻishamol, Jeleznodorojniy, Siyob tumanlari birinchi kotibi; keyinroq KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunnistik partiyasi)Samarqand shahar qoʻmitasi birinchi kotibi bo‘lib ishlagan.
Shuningdek, Nosir Norovich 1993-yil 28-maydan 2000-yilgacha — Qozogʻistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan hamda Oʻzbekiston Respublikasining II darajali Favqulodda Elchisi maqomiga ega bo‘lgan. Bundan tashqari Nosir Yoqubov SSSR, Vatikan, Rossiya, Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Afgʻoniston Respublikalarining qator nufuzli orden va medallari bilan taqdirlangan.
Shu bilan birga, 1998-yilda Rim papasi Ioann Pavel II unvoni — Ritsar qo‘mondon, Avliyo Grigoriy orden va qilichi (II daraja) bilan mukofotlangan. Nosir Norovich Tarix fanlari nomzodi unvoniga ega.
Ayni paytda Yoqubov Toshkent shahrida istiqomat qiladi.
Havolalar
tahrir- Oʻzbekiston shaxslari[sayt ishlamaydi] (mavjud havola)