Nota almashish — xalqaro shartnomalarnn tuzish shakllaridan biri. Odatda, diplomatik munosabatlarni oʻrnatish, diplomatik missiyalarni elchixonaga aylantirish, biron-bir shartnomaning ayrim qoidalarini aniklashtirish, shartnoma amal qilishini toʻxtatish, mulkni topshirish va shahrik. masalalar boʻyicha davlatlar oʻrtasida bitimlar tuzishda notalar almashiniladi. Shartnomani tashkil qiluvchi notaning aynan bir xil matnini tomonlar dastlabki tarzda ogʻzaki yoki diplomatik yozishmalar yoʻli bilan kelishib oladilar.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil