Novadon arigʻi - Samarqand shahrining eng qad. suv manbalaridan biri. Shahar hududini shim.dan jan-.ga kesib oʻtuvchi Novadon arigʻi buloq suvidan hosil boʻlgan. Abu Tohirxojaning "Samariya" asarida "Samar kazdirgan buloq" sifatida qayd etilgan. Man-balarda koʻrsatilishicha, Novadon arigʻidan chiqarilgan maxsus ariq orqali miloddan avvalgi 5—4-asrlarda Afrosiyo’bga suv olib kelingan. Ilk oʻrta asrlarda Novadon arigʻi "Chokardiza" nomi bilan mashhur boʻlgan. Undan suv shaharga Joʻyi Arziz orkali olib oʻtilgan. Ehtimol shu tufayli bu suv manbai — Novadon, yaʼni "Novali" nomini olgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil