Novavax COVID-19 vaksinasi (NVX-CoV2373) — COVID-19ga qarshi vaksina nomzodi, Novavax va Epidemik Tayyorlik Innovatsiyalari Koalitsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan (CEPI). Hindistonda Covovax brendi ostida sinovlardan oʻtmoqda[1][2]. Ikki dozada qabul qilishga moʻljallangan[3].

Tibbiy maqsadlarda foydalanish tahrir

Vaksina ikki dozada 21 kun oraligʻida qoʻllaniladi[4]. Ushbu vaksina sinovlarda koronavirusning „britancha“ shtammini zararsizlantirish koʻrsatkichi 86,3 foizni tashkil etgan. Tadqiqotda ishtirokchilarning 27 foizi 65 yoshdan oshganlar boʻlgan. Shuningdek, 18 yoshdan 84 yoshgacha boʻlgan 15 mingdan ortiq odam qatnashgan[5].

Buyuk Britaniya sinovlari tahrir

2021-yil 28-yanvarda Novavaks Birlashgan Qirollik sinovining dastlabki natijalari 89 foizdan yuqori samaradorlikka egaligini koʻrsatdi[6][7]. Shu bilan birga, Janubiy Afrikadagi oraliq sinov natijalari Beta shtammiga nisbatan past samaradorlikni qayd etdi[3][8].

2021-yil 12-martda Novavax kompaniyasi vaksina COVID-19ning asl shtammining oldini olishda 96,4 foiz va Alfa shtammiga qarshi 86 foiz samaradorli ekanini eʼlon qildi. 2021-yil 30-iyunda Novavax tomonidan moliyalashtirilgan The New England Journal of Medicine jurnalida oʻtkazilgan tadqiqotlarda vaksinaning umumiy samaradorligi birinchi dozadan ikki hafta oʻtgach 83,4 foizni, ikkinchi dozadan keyin bir hafta oʻtgach 89,7 foizni tashkil etgan.

Ilmiy tahlillar B.1.1.7 (Alpha) shtammiga qarshi 86.3 foiz va „B.1.1.7 boʻlmagan shtammlar“ga qarshi 96.4 foiz samaradorligini koʻrsatdi, ularning aksariyati „prototip shtammlari“[9][10].

Janubiy Afrika sinovlari tahrir

2021-yil 28-yanvarda Novavax Janubiy Afrikada oʻtkazilgan sinovlar boʻyicha oraliq natijalar Beta shtammiga (B.1.351 liniyasiga) nisbatan 50-60 foiz atrofida past samaradorlik koʻrsatkichini qayd etdi[3].[8].

2021-yil 12-martda Novavax oʻz vaksinasini nomzodini OIV / OITSga ega boʻlmagan odamlarda Beta shtammiga qarshi 55 foiz samaradorligini isbotladi. Shuningdek, u ogʻir kasalliklarning oldini olishda 100 foiz samarali boʻldi [11].

AQSh va Meksika sinovi tahrir

2021-yil 14-iyunda Novavax AQSh va Meksikada 18 va undan katta yoshdagi 30 mingga yaqin odam ishtirok etgan 3-bosqichda oʻtkazilgan tadqiqotda umumiy samaradorligini 90,4 foiz deb eʼlon qildi [12]. Sinov ishtirokchilarida aniqlangan 77 ta COVID-19 holatining 14 tasi emlangan guruhda, 63 tasi platsebo guruhida sodir boʻlgan[13].

Avstraliya sinovi tahrir

Avstraliyada ushbu vaksina sinovlari Melburnda 2020-yil 26-mayda boshlandi. Ularda 18 yoshdan 59 yoshgacha boʻlgan 130 ga yaqin koʻngillilar ishtirok etdi[14].

Ishlab chiqarish tahrir

Ishlab chiqaruvchilar uni „rekombinant nanopartikula vaksinasi“ deb atashiga qaramay, NVX-CoV2373 vaksinasi oqsil subbirliklariga asoslangan va virusga oʻxshash zarrachalarga qarshi emlash uchun deb taʼriflangan[15][16][17][18][19][20].

Ushbu vaksina modifikatsiyalangan SARS-CoV-2 boshoqli oqsilining genini oʻz ichiga olgan va sunʼiy ravishda yaratilgan bakulovirusni yaratish orqali ishlab chiqariladi.

Novavax Hindistonning Serum instituti bilan rivojlanayotgan va kam taʼminlangan mamlakatlar uchun ommaviy ishlab chiqarish toʻgʻrisida shartnoma imzoladi. Shuningdek vaksinani Ispaniya [28] va Polshada Mabion kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilishi haqida xabar berilgan[21][22].

2021-yil 26-may kuni Hindistonning Serum instituti Hindiston hukumatidan ruxsat olgandan soʻng Novavax COVID-19 vaksinasi nomzodini (Hindistonda Covovax deb nomlangan) ishlab chiqarishni boshlaganligini aytdi[23].

Manbalar tahrir

  1. „Covovax trials begin in India, launch hopefully in September: Adar Poonawalla“. India Today (27-mart 2021-yil). 14-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-mart 2021-yil.
  2. „Hope to launch Covovax by September, says Serum Institute CEO“. mint (27-mart 2021-yil). 13-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-mart 2021-yil.
  3. 3,0 3,1 3,2 Meredith Wadman, Jon Cohen. „Novavax vaccine delivers 89% efficacy against COVID-19 in U.K.—but is less potent in South Africa“. Science. Qaraldi: 28-jan. 2021-yil.
  4. „Novavax Covid vaccine highly effective in U.S. trials, including against variants, company says“. NBC News (14-iyun 2021-yil). 14-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-iyun 2021-yil.
  5. „Коронавируснинг «британча» штаммини зарарсизлантира оладиган яна бир вакцина маълум бўлди“. Bugun.uz. 2021-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 13 март.
  6. „Novavax says Covid vaccine is more than 89% effective“. CNBC (28-yanvar 2020-yil). 30-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-yanvar 2021-yil.
  7. „New Covid vaccine shows 89% efficacy in UK trials“. BBC News (28-yanvar 2021-yil). 30-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-yanvar 2021-yil.
  8. 8,0 8,1 „Novavax says its Covid-19 vaccine is 90% effective in late-stage trial“. Stat (28-yanvar 2021-yil). 29-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-yanvar 2021-yil.
  9. Heath PT, Galiza EP, Baxter DN, Boffito M, Browne D, Burns F, et al. (June 2021). „Safety and Efficacy of NVX-CoV2373 Covid-19 Vaccine“. The New England Journal of Medicine. doi:10.1056/NEJMoa2107659. PMC 8262625. PMID 34192426. S2CID 235697707.
  10. „Novavax Publishes Results of United Kingdom Phase 3 Clinical Trial in New England Journal of Medicine, Demonstrating High Levels of Efficacy of COVID-19 Vaccine - 30-Jun 2021-yil“ (en). ir.novavax.com. 30-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-iyun 2021-yil.
  11. „Novavax vaccine 96% effective against original coronavirus, 86% vs British variant in UK trial“. Reuters (11-mart 2021-yil). 4-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-mart 2021-yil.
  12. „Large study finds that vaccine maker Novavax's shot is about 90% effective“ (14-iyun 2021-yil). 18-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-iyun 2021-yil.
  13. „Novavax says Covid-19 vaccine shows 90.4% overall efficacy in US/Mexico Phase 3 trial“. CNN (14-iyun 2021-yil). 14-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-iyun 2021-yil.
  14. „Human trials of potential coronavirus vaccine begin in Melbourne“. ABC News. Australian Broadcasting Corporation (25-may 2020-yil). Qaraldi: 27-iyul 2021-yil.
  15. Wadman M (November 2020). „The long shot“. Science. 370-jild, № 6517. 649–653-bet. Bibcode:2020Sci...370..649W. doi:10.1126/science.370.6517.649. PMID 33154120.
  16. Wadman M (28–dekabr 2020–yil). „Novavax launches pivotal U.S. trial of dark horse COVID-19 vaccine after manufacturing delays“. Science. doi:10.1126/science.abg3441. 13–may 2021–yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30–yanvar 2021–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  17. „Novavax: A SARS-CoV-2 Protein Factory to Beat COVID-19.“ (24-iyul 2020-yil). 22-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyul 2020-yil.
  18. Chung YH, Beiss V, Fiering SN, Steinmetz NF (October 2020). „COVID-19 Vaccine Frontrunners and Their Nanotechnology Design“. ACS Nano. 14-jild, № 10. 12522–12537-bet. doi:10.1021/acsnano.0c07197. PMC 7553041. PMID 33034449.
  19. Moitra P, Alafeef M, Dighe K, Frieman MB, Pan D (June 2020). „Selective Naked-Eye Detection of SARS-CoV-2 Mediated by N Gene Targeted Antisense Oligonucleotide Capped Plasmonic Nanoparticles“. ACS Nano. 14-jild, № 6. 7617–7627-bet. doi:10.1021/acsanm.0c01978. PMC 7482545. PMID 32437124.
  20. „Urgent global health needs addressed by Novavax“. Novavax. 12-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-yanvar 2021-yil.
  21. „Spain, again chosen to produce the vaccine to combat COVID-19“. This is the Real Spain (18-sentabr 2020-yil). 19-mart 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-yanvar 2021-yil. (Wayback Machine saytida 2021-03-19 sanasida arxivlangan)
  22. „Novavax Deal With Mabion Boosts Poland's Nascent Biotech Scene“. Bloomberg (25-mart 2021-yil). 9-mart 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-mart 2021-yil.
  23. „SII begins manufacturing, stockpiling 2nd Covid vaccine Covovax after Modi govt nod“. ThePrint (26-may 2021-yil). 29-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-may 2021-yil.