SARS-CoV-2 alfa shtammi
SARS-CoV-2 koronavirusining alfa shtammi[1], shuningdek, VOC-202012/01 shtammi, B.1.1.7 liniyasi, 20B/501Y.V1 nomlari bilan maʼlum — COVID-19ni keltirib chiqaruvchi SARS-CoV-2 virusi shtammidir. Bu shtamm ilk marta 2020-yil Buyuk Britaniyada COVID-19 pandemiyasi vaqtida aniqlangan. Shtammning aniqlangan eng birinchi namunalari 20-sentabrda olingan[2]. Dekabr oʻrtalarida shtamm tezlik bilan tarqalishni boshladi.
Nomlanishi
tahrirShtamm bir necha nomlar bilan maʼlum. OAVda uni asosan „COVID-19 britancha shtammi“ va „koronavirusning britancha shtammi“ deyishadi. Bu shtammni avval Angliya Jamoat sogʻligʻini saqlash departamenti „2020-yil dekabrda oʻrganilayotgan birinchi shtamm“ deb atagan (VUI — 202012/01) lekin Meera Chand va uning hamkasblari tashabbusi bilan Angliya Jamoat sogʻligʻini saqlash tashkiloti tomonidan „Xavotirga soluvchi shtamm“ (Variant of Concern 202012/01) kategoriyasiga oʻtkazilgan. Buyuk Britaniya COVID-19 genomikasi Konsortsiumi (COG-UK) eʼlon qilgan hisobotda Andrew Rambaut va hammualliflari bu shtammni B.1.1.7. CDC liniyasi deb nomladi, Nextstrain talqini boʻyicha esa 20B/501Y.V1 deb nomlangan.
Xususiyati
tahrirGenetika
tahrirSARS-CoV-2 virusi koʻplab mutatsiyalarga uchrashi mumkin.
Manbalar
tahrir- ↑ „ЖССТ коронавирус штаммлари номига ўзгартириш киритди“. Bugun.uz. 2021-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 1 июнь.
- ↑ Preliminary genomic characterisation of an emergent SARS-CoV-2 lineage in the UK defined by a novel set of spike mutations — nCoV-2019 Genomic Epidemiology — Virological