SARS-CoV-2 shtammlari
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. (2023-06) |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (2023-06) |
2019-yilda koronavirus pandemiyasini keltirib chiqargan ogʻir oʻtkir nafas olish sindromi SARS-CoV-2 minglab shtammlarga ega boʻlib, ba’zi shakllari transmissivlikni kuchaytirishi[1], xavfli virusga aylanish koʻrsatkichini oshirishi yoki ularga qarshi vaksinalarning samaradorligini pasayishtirishi tufayli muhim hisoblanadi[2][3].
Buyuk Britaniyada 2021-yil mart oyida koronavirusning yangi shtammi qayd etildi. «VUI» deb nom berilgan VUI-202103/01 shtammi bilan bogʻliq birinchi ikki holat 4-mart kuni Angliya janubi-sharqida Antigua mamlakatidan yaqinda kelgan fuqarolarda aniqlangan[4]. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Liann Kuppens brifingda Koronavirusning yangi shtammi tez yuquvchan ekani va kasallik ogʻir kechishini taʼkidlagan[5].
Filippin hukumati ham ushbu oyda mamlakatda koronavirusning «P.3» deb nomlangan yangi shtammi aniqlanganini ma’lum qildi. «P.3» birinchi marta Filippinda aniqlangan boʻlsa-da, Sogʻliqni saqlash vazirligi jurnalistlarga Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti shtammlarni nomlash uchun hudud nomidan foydalanishni tavsiya etmasligini aytib, yangi shtammni «filippincha» deb atamaslikni ta’kidlagan[6]..
Guruhlar
tahrirSARS-CoV-2’ning bir necha ming shtammlari mavjud. Ular odatda katta guruhlarga birlashtiriladi. SARS-CoV-2 uchun bir nechta turli xazina nomenklaturalari taklif qilingan.
- 2020-yil dekabr oyidan boshlab GISAID-da SARS-CoV-2 ni hCoV-19 deb belgilagan yettita (O, S, L, V, G, GH va GR) guruh aniqlandi.
- Shuningdek, 2020-yil dekabr oyida Nextstrain beshta guruhni aniqladi (19A, 19B, 20A, 20B va 20C).
- „International Journal of Infectious Diseases“ jurnalining 2020-yil noyabr oyidagi sonida chop etilgan maqolada beshta global guruh (G614, S84, V251, I378 va D392) haqida bayon etilgan.
- „Zotdorlik“ atamasi 2020-yilda „Nature Microbiology“ jurnalida chop etilgan maqolaga kiritilgan bo’lib, 2020-yil dekabr oyidan boshlab beshta asosiy yoʻnalish aniqlangan (A, B, B.1, B.1.1 va B.1.177).
Virusning sezilarli shtammlari
tahrirJahon sogʻliqni saqlash tashkilotining favqulodda qoʻmitasi koronavirus boʻyicha insoniyatni yangi xavfdan ogohlantirdi va virusning toʻrtta turini «tashvishlantiruvchi» deb belgiladi. Hamda uning qatoriga alfa („britancha“), beta („Janubiy Afrika“), gamma („brazilcha“) va delta („hindcha“) shtammlarni kiritgan[7].
Klaster 5
tahrirStatens Serum Institut (SSI) tomonidan ΔFVI-spike deb nomlangan Klaster 5 Shimoliy Yutlandiyada topilgan. Ushbu shtamm qorakoʻzan boqiladigan fermadan odamlarga yuqqan deb ishoniladi. 2020-yil 4-noyabrda ushbu mutatsiyaning tarqalishini oldini olish va yangi mutatsiyalar paydo boʻlish xavfini kamaytirish maqsadida Daniyada qorakoʻzan populyatsiyasi yoʻq qilinishi eʼlon qilindi. COVID-19 pandemiyasiga qarshi milliy yoki xalqaro samaradorlikni xavf ostiga qoʻyadigan mutatsiyaning tarqalishini oldini olish uchun Shimoliy Yutlandiyaning yettita munitsipalitetlar yopildi va sayohatlarga cheklovlar oʻrnatildi.
Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkiloti (JSST) Klaster 5 neytrallashishiga qarshi antitanachalar sezgirlikni oʻrtacha pasaytirish xususiyatga ega ekanini ta’kidladi. SSI COVID-19’ga qarshi ishlab chiqarilayotgan vaksinalar ta’sirida mutatsiya kelib chiqishidan ogohlantirdi.
SSI lokdaun va ommaviy sinovlardan soʻng 2020-yil 19-noyabrda Klaster 5’ning yoʻq boʻlib ketish ehtimoli borligini e’lon qilgan[8].
Daniyadagi ekologik xavf tufayli toʻrt millionta oʻldirilgan qorakoʻzan avval qazib, soʻng yoqib tashlanishi ma’lum qilingan edi. Mamlakatda 2020-yilda 15 millionta hayvon, jumladan, ayrimlarida koronavirus aniqlangani va ularning mutasiyaga uchragan holda odamga yuqishi mumkinligi sabab oʻldirilgan va koʻmilgan. Ammo hayvon jasadlari tuproq yuzasiga chiqib, ichimlik suv manbalari, suzuvchi koʻlni ifloslantirgan. Shundan soʻng parlament qorakoʻzan jasadlarini eksgumasiya (jasadni koʻzdan kechirish va ekspertiza oʻtkazish zaruriyati tugʻilganda uni koʻmilgan joyidan qazib olish) va yoqish uchun ovoz bergan. Jarayon taxminan ikki oy davom etishi belgilangan. Atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi mahalliy aholidan koʻchada derazalarni ochmaslikni soʻragan[9].
Alfa
tahrir202012/01 (VOC-202012/01) shtammi 2020-yil dekabrida oʻrganila boshlangan. „Britancha shtamm“ nomi bilan ham qoʻllanadi. B.1.1.7 liniyasi yoki 20B/501Y.V1 nomlari bilan ma’lum. Bu shtamm ilk marta Buyuk Britaniyada 2020-yil oktabr oyida sentabrda olingan namunani oʻrganish jarayonida topilgan. Bu variant boshqalariga nisbatan 30–70 foiz koʻproq transmissivlikka egaligi haqida ham maʼlumotlar bor, bundan tashqari, oʻlimlar foizi ham koʻp boʻlishi mumkinligi taxmin qilingan[10]. 2021-yil 31-may kuni JSST rasmiy ravishda ushbu shtamm „alfa“ deb nomlanishini eʼlon qildi[11][12].
Amerikaning «Novavax» biotexnologiya kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan vaksina koronavirusning «britancha» shtammini zararsizlantirish koʻrsatkichi 86,3 foizni tashkil etgan. Tadqiqotda ishtirokchilarning 27 foizi 65 yoshdan oshganlar boʻlgan. Shuningdek, 18 yoshdan 84 yoshgacha boʻlgan 15 mingdan ortiq odam qatnashgan[13].
«Britancha» shtammini aniqlaydigan dunyodagi birinchi test tizimi — Rossiyaning „Roszdravnadzor“ koronavirusning «britancha» shtammini aniqlaydigan dunyodagi birinchi test tizimini roʻyxatdan oʻtkazdi. bu test tizimining ta’siri va natijasiga ishonchlilik darajasi yuqori. Mazkur test tizimi Rossiyada ishlab chiqilgan[14].
Beta
tahrirJanubiy Afrika Sogʻliqni saqlash vazirligi 2020-yil 18-dekabrda 501.V2, 501.V2, 20C / 501Y.V2 yoki B.1.351 liniyalari deb ataladigan shtamm birinchi boʻlib Janubiy Afrikada topilgannini ma’lum qildi. Tadqiqotchilar va rasmiylarning ta’kidlashicha, ushbu kasallikning tarqalishi hech qanday asosiy tibbiy sharoitga ega boʻlmagan yoshlar orasida yuqori boʻlgan. Boshqa shtammlarga nisbatan bu holatlarda ogʻir kasallikka chalinish ehtimoli koʻproq. Shuningdek, Janubiy Afrika Sogʻliqni saqlash vazirligi ushbu virus virusning boshqa shtammlariga qaraganda tezroq tarqalishi sababli mamlakatda COVID-19 pandemiyasining ikkinchi toʻlqini uchun harakatlantiruvchi kuch boʻlishi mumkinligini ta’kidladi.
Gap virus boshoq glikoproteininig retseptor-bogʻlovchi domenida (RBD) boruvchi uchta mutatsiya haqida ketyapti: N501Y[11] (501 pozitsiyasida asparagin aminokislotasi (N) oʻrniga tirozin aminokislotasi (Y)[15]) K417N va E484K[16][17]. Bu mutatsiyalardan ikkitasi (E484K va N501Y) retseptor-bogʻlovchi domenning (RBD) retseptor-bogʻlovchi motivida (RBM) joylashgan[18].
olti mamlakat mutaxassisslari ishtirokida ushbu shtamm ustida tadqiqot olib borilgan. Unda 2020-yil 5-mart va 10-dekabr kunlari orasida Janubiy Afrikada toʻplangan 2882 ta SARS-CoV-2 genomini tahlil qilingan. Shtammning boshoqli oqsilida sakkizta mutasiya aniqlangan. Biroq ular hali toʻliq oʻrganilmagan. Olimlarning aytishicha, izlanish davomida 501Y.V2’ning boshqa shtammlardan farqi inson organizmiga osonroq kirib borishi hamda immunitet tizimidan qocha olishida namoyon boʻlgan[19].
Bu shtammning xususiyati ham shundaki, mazkur shtammni yuqtirgan odamlarda kasallik birdaniga boshlanib, jadal kechadi va qisqa muddatda oʻpkaning katta sohalarini jarohatlaydi. Shu bois kasallik boshqa shtammlarga nisbatan ogʻirroq kechadi[20]
Oksford immunologi Ser Jon Bellning ta’kidlashicha, Janubiy Afrikadagi yangi shtamm vaktsinalarga chidamli boʻlishi mumkinligi sababli „katta savol“ tugʻdiradi va shu bilan umidlarni yoʻq qiladi va ularni qoʻrquv bilan almashtiradi[21].
Delta
tahrir2020-yil oktabr oyida B.1.617.2 liniyasi birinchi marta Hindistonda aniqlangan[22][23][24]. Ommaviy axborot vositaalrda „hindcha shtamm“ nomi bilan keltiriladi. 2021-yil aprel oyining ikkinchi yarmida Hindiston deltasi shtami Rossiyaga kirib keldi[25].
2021-yil 14-iyunda Hindistonda B.1.617.2 ning mutatsiyaga uchragan varianti aniqlandi. U AY.1 varianti yoki „delta plyus“ nomi bilan mashhur[26]. „Delta plyus“ boshoq oqsilida K417N mutatsiyasining mavjudligi bilan ajralib turadi. Tiklangan va emlangan odamlarda antikorlarning faolligini kamaytirishga qodir[27]. Hindiston Sogʻliqni saqlash vazirligi „delta plyus“ning uchta oʻziga xos xususiyatini aniqladi: yuqumli kasallikning kuchayishi, oʻpka hujayralari retseptorlari bilan bogʻlanish qobiliyati va monoklonal antikor terapiyasiga potentsial qarshilik[28].
Buyuk Britaniyaning sogʻliqni saqlash xizmati tomonidan tadqiqot oʻtkazildi. Unda koronavirusning «hindcha» shtammiga qarshi qaysi prepatar samarali ekani aniqlandi. Ijobiy natija Amerikaning „Pfizer“ va „AstraZeneca“ vaksinalarida qayd etilgan. «Pfizer» vaksinasining ikki dozasi «hindcha» shtammning «B.1.617.2» turiga qarshi 88 foiz va Britaniyaning «B.1.1.7» koronavirus variantiga qarshi 93 foiz samarali boʻlgan. «AstraZeneca» preparati mos ravishda 60 va 66 foiz natijalarni qayd etgan[29].
Gamma
tahrirSARS-CoV-2 koronavirusining gamma shtammi, boshqa nomlari P.1 liniyasi, 20J/501Y.V3, 202101/02[30]
– Brazilcha shtamm[31][32] — COVID-19 shtammi.
B.1.1.248 liniyasi 2021-yil 6-yanvarda Tokioda Infeksion kasalliklar milliy instituti (NIID) tomonidan aniqlangan. U Braziliyaning Amazonas shtatidan Tokioga kelgan 4 kishida aniqlangan. Braziliyadagi Oswaldo Cruz Foundation tashkiloti xabar berishicha, bu shtamm Amazon tropik oʻrmonlarida tarqalgan. Bu shtamm boshoq oqsilning 12 mutatsiyasiga egadir, bular orasida N501Y va E484K ham bor.
2021-yil mart oyida Avstriyaning Zalsburg shahrida koronavirusning «brazilcha» shtammini yuqtirib olish bilan bogʻliq birinchi holat tasdiqlandi[33].
Lambda (C.37 liniyasi)
tahrir2020-yil avgust oyida birinchi marta Peruda C.37 liniyasi topildi[34]. 2021-yil iyun oyida Peruda lambda shtami mamlakatda qayd etilgan barcha yuqumli kasalliklarning 81 foizini tashkil etdi. Argentina va Chilida lambdaning ulushi taxminan uchdan biriga teng[35].
B.1.525 liniyasi
tahrirB.1.525 liniyasi VUI-202102/03 yoki UK1188 deb ham ataladi, qisman 501.V2 shtammiga oʻxshaydi. Biroq u E484K mutasiyasi va yangi F888L mutasiyasi (boshoq oqsilining S2 domenidagi fenilalanin (F) ni leysin (L) bilan almashtirish) bilan farq qiladi. 2021-yil 16-fevral holatiga koʻra, ushbu shtamm Buyuk Britaniya, Daniya, Finlandiya, Niderlandiya, Belgiya, Fransiya, Ispaniya, Nigeriya, Gana, Iordaniya, Yaponiya, Singapur, Avstraliya, Kanada va AQSH kabi 15 mamlakatda aniqlangan. Birinchi holatlar Buyuk Britaniyada va Nigeriyada 2020-yil dekabrida aniqlangan. 15-fevral holatiga koʻra bu Nigeriyadagi eng tez-tez koʻzga tashlanib aniqlanadigan boʻldi. 15-fevraldan boshlab Buyuk Britaniyada uning 38 ta holati aniqlandi. Daniyada 14-yanvardan 9-fevralgacha ushbu shtamm bilan bogʻliq 55 ta holat aniqladi, ulardan yettitasi bevosita xorijiy sayohatlar bilan bogʻliq edi.
Kembrij universiteti professori Ravi Guptaning BBCga ma’lum qilishicha, B.1.525 ning ba’zi boshqa yangi shtammlarida allaqachon koʻrilgan muhim mutasiyalar mavjud.
Ushbu liniya dunyoning 11 mamlakatida aniqlangan[36].
B.1.1.7 + E484K
tahrirRuminiyaning Suchava shahridagi Shtefan chel Mare universiteti mutaxassislari vaksinalar samaradorligini pasaytiruvchi mutasiyalangan koronavirus turini aniqladi. ʻBritancha’ (B.1.1.7), ʻJanubiy Afrika’ (B.1.351) va ʻbrazilcha’ (P.1) nomi bilan tanilgan uchta xavfli mutasiyalangan shtammga Angliya Sogʻliqni saqlash vazirligi fevral oyida yangi virus turi — B.1.1.7 + E484K’ni qoʻshdi. E484K mutasiyasi vaksinada hosil boʻlgan antitanachalarga nisbatan koʻproq qarshilik koʻrsata oladi, bu esa vaksinalarning samaradorligini pasaytiradi. Suchava, Kluj, Yassi, Timish va Botashan shaharlarida koronavirus bilan kasallangan bemorlardan olingan 91 ta test namunalarining 88 tasida ʻbritancha’ va 1 holatda B.1.1.7 + E484K aniqlangan[37].
Manbalar
tahrir- ↑ Shahhosseini, Nariman; Babuadze, George; Wong, Gary; Kobinger, Gary (2021). „Mutation Signatures and In Silico Docking of Novel SARS-CoV-2 Variants of Concern“. Microorganisms. 9-jild, № 5. 926-bet. doi:10.3390/microorganisms9050926. ISSN 2076-2607. PMC 8146828. PMID 33925854. S2CID 233460887.
- ↑ „Coronavirus variants and mutations: The science explained“ (inglizcha). BBC News (6-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 2-fevral 2021-yil.
- ↑ Kupferschmidt K (15-yanvar 2021-yil). „New coronavirus variants could cause more reinfections, require updated vaccines“. Science. doi:10.1126/science.abg6028.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () - ↑ „Буюк Британияда коронавируснинг яна бир янги штамми аниқланди“. Bugun.uz. 2021-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 11 март.
- ↑ „«Коронавируснинг янги штаммида касаллик оғир кечиши маълум бўлди» — ЖССТнинг Ўзбекистондаги вакили“. Bugun.uz. 2021-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 17 март.
- ↑ „Филиппинда ҳам коронавируснинг янги штамми аниқланди“. Bugun.uz. 2021-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 14 март.
- ↑ „ЖССТ коронавирус бўйича инсониятни янги хавфдан огоҳлантирди“. Bugun.uz. 2021-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 16 июль.
- ↑ „De fleste restriktioner lempes i Nordjylland“. Sundhedsministeriet. Qaraldi: 2020-yil 19-noyabr.
- ↑ „Данияда кўмилган 4 миллионга яқин қоракўзан қайта қазиб олиниб, ёқиб юборилади“. Bugun.uz. 2021-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 11 май.
- ↑ James Gallagher. „Coronavirus: UK variant 'may be more deadly'“. BBC. Qaraldi: 22-yanvar 2021-yil.
- ↑ „Explained: Why WHO named Covid-19 variants first found in In dia as 'Kappa' and 'Delta'“. The times of India. Qaraldi: 1-jun 2021-yil.
- ↑ „WHO announces simple, easy-to-say labels for SARS-CoV-2 Variants of Interest and Concern“. World Health Organization. Qaraldi: 31-may 2021-yil.
- ↑ „Коронавируснинг «британча» штаммини зарарсизлантира оладиган яна бир вакцина маълум бўлди“. Bugun.uz. 2021-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 13 март.
- ↑ „Коронавируснинг «британча» штаммини аниқлайдиган дунёдаги биринчи тест тизими рўйхатдан ўтказилди“. Bugun.uz. 2021-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 21 февраль.
- ↑ „Nomenclature and Symbolism for Amino Acids and Peptides“. https://web.archive.org/. 9-oktabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 октября 2008.
- ↑ „Statement of the WHO Working Group on COVID-19 Animal Models (WHO-COM) about the UK and South African SARS-CoV-2 new variants (PDF), World Health Organization“.
- ↑ Derek Lowe 22 December, 2020. „The New Mutations“ (inglizcha). In the Pipeline (22-dekabr 2020-yil). 29-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-yanvar 2021-yil.
- ↑ „expert reaction to South African variant of SARS-CoV-2, as mentioned by Matt Hancock at the Downing Street press briefing | Science Media Centre“ (inglizcha). Qaraldi: 5-yanvar 2021-yil.
- ↑ „Олимлар «Жанубий Африка» штаммининг ўзига хос хусусияти ҳақида қўшимча маълумот берди“. Bugun.uz. 2021-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 9 март.
- ↑ „«Бу штамм қисқа муддатда ўпканинг катта қисмини жароҳатлайди». ССВ ходими коронавируснинг «африканча» штамми ҳақида“. Bugun.uz. 2021-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 26 апрель.
- ↑ Knapton, Sarah. „South African variant may evade vaccines and testing, warn scientists“. The Telegraph. Qaraldi: 4-yanvar 2021-yil.
- ↑ „PANGO lineages“. cov-lineages.org. 2021-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-aprel.
- ↑ „Coronavirus | Indian 'double mutantʼ strain named B.1.617“ (en-IN). The Hindu (8-aprel 2021-yil).
- ↑ „India's variant-fuelled second wave coincided with spike in infected flights landing in Canada“. Toronto Sun (10-aprel 2021-yil). Qaraldi: 10-aprel 2021-yil.
- ↑ Создатель «Спутника V» рассказал об изменённом индийском штамме в Москве. Им объясняют третью волну COVID-19, 16.06.2021
- ↑ Sharma, Milan „New 'Delta Plus' variant of SARS-CoV-2 identified; here's what we know so far“ (inglizcha). India Today. Qaraldi: 2021-yil 16-iyun.
- ↑ В Индии выявили новый штамм коронавируса «дельта плюс», 21 июня 2021
- ↑ В Индии обнаружили новый сверхзаразный штамм Covid (Wayback Machine saytida 25-iyun 2021-yil sanasida arxivlangan), 24.06.2021
- ↑ „Коронавируснинг «ҳиндча» штаммига самарали бўлган илк вакциналар аниқланди“. Bugun.uz. 29-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 23 май.
- ↑ Public Health England „Variants: distribution of cases data“ (en) (oʻlik havola — tarix ). GOV.UK (27-fevral 2021-yil). Qaraldi: 2021-yil 27-fevral.
- ↑ „Covid-19: Brazil virus already in UK 'not variant of concern', scientist says“. www.bbc.com (15-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 15-yanvar 2021-yil.
- ↑ „COVID-19: Virologist says Brazilian coronavirus variant detected in UK is not the one 'of concern'“. news.sky.com (15-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 15-yanvar 2021-yil.
- ↑ „Австрияда коронавируснинг «бразилча» штамми қайд этилди“. bugun.uz. 19-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 9 март. (Wayback Machine saytida 19-iyul 2021-yil sanasida arxivlangan)
- ↑ „Tracking SARS-CoV-2 variants“ (inglizcha). World Health Organization. Qaraldi: 2021-yil 17-iyun.
- ↑ Алена Каташинская. „В Латинской Америки бушует новый опасный штамм коронавируса – "лямбда"“. КП в Украине. Qaraldi: 17 июня 2017.
- ↑ Ирина Якутенко. „Одним мутантом больше: в мире начал распространяться новый, потенциально опасный, штамм Covid-19“. The Insider. Qaraldi: 16 февраля 2021.
- ↑ „Руминияда коронавируснинг вакцина таъсирига қарши тура оладиган штамми аниқланди“. Bugun.uz. 2021-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-aprel.