Oxford–AstraZeneca COVID-19 vaksinasi
Vaxzevria (tadqiqot nomi: AZD1222 ChAdOx1 nCoV-19 yoki Covishield, shuningdek, „Oxford vaksinasi“ nomi bilan ham mashhur[1]) — COVID-19’ga qarshi vaksina. Oxford universiteti va AstraZeneca kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Shimpanzening genetik oʻzgartirilgan ChAdOx1 adenovirusidan foydalanib yaratilgan[2][3]. Mushak ichiga yuboriladi.
2020-yil 30-dekabrda vaksina Buyuk Britaniya emlash dasturi uchun maʼqullandi[4]. Shu paytdan boshlab vaksinaga Argentinada ham ruhsat berildi[5]. Yevropa mamlkatlarida birinchi navbatda 65 yoshdan yuqori aholi emlanishi koʻzda tutilgan. Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyada allaqachon 17 million kishi emlangan[6]. 2021-yil 9-yanvarda „The Lancet“ jurnalida AZD1222 vaksinasining xavfsizligi va samaradorligi haqida maqola chop etildi. Daniya, Norvegiya, Islandiya va Italiya emlashdan keyin tomirlarda tromblar hosil boʻlganligi sababli AstraZeneca vaksinasidan voz kechishdi. Polshada esa 2021-yil mart oyiga kelib ushbu vaksina bilan emlash uchun roʻyxatdan oʻtganlar soni bir necha oʻn foizga kamaydi[7]. JSST rasmiysi esa hali vaksinatsiya natijasida hech kim oʻlmaganini taʼkidladi[8]. Shuningdek, tashkilot AstraZeneca vaksina bilan odamlarni koronavirusga qarshi emlashni davom ettirishni tavsiya qildi. JSST AstraZeneca vaksinasining foydasini xavfidan koʻra yuqoriroq deb baholagan va u bilan bemorlarni emlashni davom ettirishni ta’kidlagan[9]. „РИА Новости“ nashri Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investisiya jamgʻarmasi ma’lumotlaridan foydalangan holda dunyo boʻylab eng talabgir vaksinalarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Unga koʻra, hukumatlar tomonidan oʻz hududida foydalanish uchun ruxsat berilgan davlatlar soni boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinni hozirda 49 mamlakatda lisenziyaga ega boʻlgan «AstraZeneca» vaksinasi egallagan[10].Indoneziya oliy musulmon kengashi „AstraZeneca“ vaksinasi tarkibida choʻchqaning oshqozonosti bezidan olingan tripsin moddasi borligini aytib, uni harom deb fatvo bergan, lekin preparatni faqat pandemiya sharoitidagina favqulodda qoʻllashni ma’qullagandi. Kompaniya Indoneziyada tarqalgan xavotirlarga javoban koronavirusga qarshi ishlab chiqqan vaksinasi tarkibida shariatda taqiqlangan choʻchqa unsurlari yoʻqligini ma’lum qilgan. Shuningdek, kompaniya Munosabatida, ushbu vektor virusli vaksinani ishlab chiqarish jarayonining hech qaysi bosqichida choʻchqa yo boshqa hayvonlardan olinadigan biror unsurdan foydalanilmasligi, bu kabi unsurlarning ishlab chiqarish jarayonlariga aloqasi yoʻqligini maʼlum qilgan[11].
Salbiy taʼsiri
tahrirBuyuk Britaniyada koronavirusga qarshi «AstraZeneca» vaksinasi bilan emlangan 7 kishi vafot etdi. Mamlakatda 2021-yil 27-mart holatiga koʻra, «AstraZeneca» vaksinasi bilan emlanganlar orasida 30 ta tromboz holati kuzatilgan. 2021-yil 24-martgacha boʻlgan 30 ta holatdan 7 tasida oʻlim qayd etildi. Shuningdek, yana 22 ta holatda miyada qon aylanishining yomonlashishiga sabab boʻluvchi miya qon-tomir trombozi kuzatilgan. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti esa emlashdan oʻlim holati qayd etilganini rad etgan[12].
Ishlab chiqarish va yetkazib berish
tahrirEuropean Medicines Agency (Yevropa dori-darmon vositalari agentligi) direktori 2021-yil fevraliga qadar Yevropa Ittifoqida vaksinani qoʻllashga ruhsat etilmasligini aytib oʻtdi[13].
Ishlab chiqarish
tahrirAstraZeneca vitse-prezidenti Pem Chengning soʻzlariga koʻra 2020-yilning soʻngiga qadar kompaniya 200 million doza ishlab chiqarishni moʻljallagan, ishlab chiqarish quvvatlarining oshib borishi natijasida kompaniya oyiga 100 milliondan 200 milliongacha vaksina ishlab chiqarih darajasiga erishmoqchi ekanini taʼkidlagan[14]. AstraZeneca vaksinasi Janubiy Koreyada SK BioScience farmatseftik kompaniyasida ishlab chiqariladi[15].
Yetkazib berish
tahrir- Hindiston
2020-yil iyunida AstraZeneca va Hindistonning zardob bilan ishlovchi kompaniyasi kambagʻal davlatlarga, shuningdek, Hindistonga 1 milliard doza vaksina yetkazib berish boʻyicha kelishuvga erishishdi[16][17].
Yevropa Ittifoqi
tahrir2020-yil 13-iyunda AstraZeneca kompaniyasi Fransiya, Germaniya, Italiya va Niderlandiya davlatlari kelishuvida tuzilgan inklyuziv vaksinalar alyansi bilan butun Yevropa Ittifoqi hududiga 400 million doza vaksina yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzoladi[18][19][20].
AQSH
tahrir2020-yil avgustida AstraZeneca AQSHga oʻrtacha 4 AQSH dollaridan 300 million doza vaksina yetkazib berishga tayyorligini maʼlum qildi. Kompaniya vakilining soʻzlariga koʻra bu narx ichiga tadqiqotlar vaishlab chiqarish summalari ham kiritilgan[21].
Kanada
tahrir2020-yil sentabrida AstraZeneca Kanadaga 20 million doza vaksina yuborishga rozi boʻldi[22][23].
Shveysariya
tahrir2020-yil oktabrida Shveysariya AstraZenecaʼdan bilan 5,3 million doza sotib olish boʻyicha shartnoma imzoladi[24][25].
Oʻzbekiston
tahrirOʻzbekiston Hindistonda AstraZeneca litsenziyasi asosida ishlab chiqarilgan CoviShield vaksinasidan 2,6 million doza sotib olgan[26]. Hindistonning COVID-19ga qarshi 660 ming doza CoviShield vaksinasi 2021-yil 17-mart kuni olib kelindi. COVAX fondi hisobidan Oʻzbekistonga 2 million dozadan ortiq AstraZeneca vaksinasini yetkazish, shundan 2021-yil I chorakda 35–40 foizini, qolgan qismini II chorakdan dunyo boʻylab vaksinalarning ishlab chiqarish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda bosqichma-bosqich yetkazib berilishi rejalashtirilgani aytildi[27]. 2021-yil 14-avgust kuni COVAX dasturi doirasida Oʻzbekistonga Fransiyadan AstraZeneca vaksinasining 276 480 dozasi keltirildi[28].
Avstraliya
tahrir2021-yil mart oyida Avstraliyada AstraZeneca vaksinasini ishlab chiqarish boshlandi[29].
Manbalar
tahrir- ↑ „Вакцину AstraZeneca переименовали в Vaxzevria“. ТАСС. Qaraldi: 2021-yil 14-may.
- ↑ Nick Paton Walsh, Jo Shelley, Eduardo Duwe and William Bonnett CNN. „The world's hopes for a coronavirus vaccine may run in these health care workers' veins“. CNN. Qaraldi: 2020-yil 13-dekabr.
- ↑ „ISRCTN — ISRCTN89951424: A phase III study to investigate a vaccine against COVID-19“ (en). www.isrctn.com. Qaraldi: 2020-yil 13-dekabr.
- ↑ „Covid-19: Oxford-AstraZeneca coronavirus vaccine approved for use in UK“. BBC News. BBC (30-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 30-dekabr 2020-yil.
- ↑ „Argentine regulator approves AstraZeneca/Oxford COVID-19 vaccine -AstraZeneca“. www.reuters.com. Reuters (30-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 29-dekabr 2020-yil.
- ↑ „Ўзбекистонга келтирилган «AstraZeneca» вакцинасидан нима учун кўп давлатлар бош тортганига изоҳ берилди“. Bugun.uz. 2021-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 17 март.
- ↑ „Польша фуқаролари коронавирусга қарши «AstraZeneca» билан эмланишдан оммавий бош тортдиСТ“. Bugun.uz. 2021-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 21 март.
- ↑ „«Дунёда коронавирус вакциналари билан боғлиқ эмлаш оқибатида бирорта ўлим қайд этилмаган» — ЖССТ“. Bugun.uz. 2021-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 12 март.
- ↑ „ЖССТ «AstraZeneca»нинг хавфсизлиги бўйича хулоласини эълон қилди“. Bugun.uz. 2021-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 18 март.
- ↑ „Дунё бўйлаб энг талабгир вакциналарнинг янгиланган рейтинги эълон қилинди“. Bugun.uz. 2021-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-mart.
- ↑ „«AstraZeneca» вакцинаси таркибида чўчқа унсурлари борлиги тўғрисидаги хабарга муносабат билдирилди“. Bugun.uz. 2021-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-mart. (Wayback Machine saytida 2021-08-11 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Британияда «AstraZeneca» билан эмланган 7 киши вафот этди“. Bugun.uz. 2021-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-aprel.
- ↑ „AstraZeneca vaccine not ready for quick European approval, watchdog official says“. www.reuters.com. Reuters (30-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 29-dekabr 2020-yil.
- ↑ "Why Oxford's positive COVID vaccine results are puzzling scientists" (en). Nature 588 (7836): 16–18. 23-noyabr 2020-yil. doi:10.1038/d41586-020-03326-w. ISSN 0028-0836. PMID 33230278. https://www.nature.com/articles/d41586-020-03326-w.
- ↑ „JoongAng Ilbo (Южная Корея): Pfizer провалила программу вакцинации в Корее. Поможет «Спутник V»“. inosmi.ru (2021-yil 9-fevral). Qaraldi: 2021-yil 24-fevral.
- ↑ Rajagopal.. „AstraZeneca & Serum Institute of India sign licensing deal for 1 billion doses of Oxford vaccine“. The Economic Times (4-iyun 2020-yil).
- ↑ Kumar.. „Covid-19 vaccine: Serum Institute signs up for 100 million doses of vaccines for India, low and middle-income countries“. The Financial Express (7-avgust 2020-yil).
- ↑ „Covid-19: France, Italy, Germany and Netherlands sign vaccine deal for Europe“ (en). France 24 (13-iyun 2020-yil). Qaraldi: 15-iyun 2020-yil.
- ↑ „AstraZeneca agrees to supply Europe with 400 mil doses of COVID-19 vaccine“ (en). Japan Today. Qaraldi: 15-iyun 2020-yil.
- ↑ Calatayud. „AstraZeneca to supply Europe with Covid-19 vaccine“ (en-US). MarketWatch. Qaraldi: 15-iyun 2020-yil.
- ↑ Roland, Denise. „U.S. to Invest 14.2 Billion to Secure Potential Coronavirus Vaccine From AstraZeneca, Oxford University“ (en-US). Wall Street Journal (21-may 2020-yil). Qaraldi: 6-avgust 2020-yil.
- ↑ https://www.cbc.ca/news/politics/covid19-briefing-trudeau-tam-1.5738503
- ↑ Health Canada begins first authorization review of a COVID-19 vaccine submission — Canada.ca
- ↑ „Swiss sign next vaccine agreement with AstraZeneca“ (en). SWI swissinfo.ch. Qaraldi: 16-oktabr 2020-yil.
- ↑ „COVID-19 vaccine: Swiss federal government signs agreement with AstraZeneca“. www.admin.ch. Qaraldi: 16-oktabr 2020-yil.
- ↑ „Узбекистан получит первую партию индийского аналога AstraZeneca“. Взгляд.uz. 2021-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16 марта 2021.
- ↑ „Ҳиндистоннинг «CoviShield» вакцинаси Ўзбекистонга келтирилди“. Bugun.uz. 2021-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-mart.
- ↑ „Ўзбекистонга 300 минг дозага яқин «AstraZeneca» вакцинаси олиб келинди“. Bugun.uz. 2021-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-avgust.
- ↑ „Австралияда «AstraZeneca» вакцинасини ишлаб чиқариш маъқулланди“. Bugun.uz. 2021-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 22 март. (Wayback Machine saytida 2021-08-09 sanasida arxivlangan)