Novbargli zira (lotincha: Bunium vaginatum) – ikki urugʻpallalilar sinfi, ziradoshlar oilasi, sira turkumiga mansub koʻp yillik gulli oʻsimlik turi. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob endemik tur sifatida kiritilgan. Toshkent viloyati Qorjontov togʻ tizmasida tarqalgan[1].

Novbargli zira
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Magnoliophyta
Sinf: Magnoliopsida
Turkum: Zira
Oila: Ziradoshlar
Binar nomi
Bunium vaginatum

Tavsifi

tahrir

Balandligi 40-50 sm gacha yetadigan koʻp yillik oʻt oʻsimlik. Oʻq ildiz sistemasiga ega, ildizning uchida tuganagi bor. Tuganagi sharsimon, diametri 2 sm. Poyasi yakka yakka uzunligi 25 sm gacha yetadi, yuzasi. Barglari ikki karra patsimon boʻlingan, qalin tuxumsimon, lanset shaklida kengaygan, yaltiroq novbarglari uchidagi boʻlaklari ingichka, uzunligi 10 mm, eni 2 mm. Gullari bir jinsli, urugʻchibargi va changchisi boshqa boshqa gullarda oʻrnashgan, soyabon to‘pgulda yigʻilgan. Soyaboni 10-5 shu’lali, shu’lalar uzunligi 10 mm. Soyabonchalari oʻrama bargchalarsiz, 10-15 gulli. Kosachabarglarining tishlari yoʻq. Gultojibarglari oq, teskari tuxumsimon, kemtikli, uzunligi 10 mm. Hasharotlar yordamida changlanadi. May oyida gullab mevasi iyunda pishadi. Mevasining uzunligi 3 mm, uzunchoq ovalsimon. Urug‘i va tuganagi orqali koʻpayadi.

Efemeroid oʻsimliklar qatoriga kiradi, gullari va urugʻlari ezilganda xushboʻy hid chiqaradi.

Tarqalishi va oʻsish sharoiti

tahrir

Tabiatda kam tarqalgan. Toshkent viloyati Qorjontov togʻ tizmasida uchraydi. Suvayirgichlar atrofidagi tosh shagʻalli yonbagʻirlarda oʻsadi. Chorva mollarining koʻplab boqilishi natijasida areali qisqarib ketgan. Ugom-chatqol davlat tabiat milliy bogʻi hududida muhofaza ostiga olingan[2].

Manbalar

tahrir
  1. „Bunium vaginatum“.
  2. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.