Novvos - 2-3 yoshli buqacha. N. 6-8 oyligida jinsiy yetiladi. Zotli N.lar 16—18 oyligida sigirlarni qochirishga qoʻyiladi. Xoʻjaliklarda ulgʻaygan N.lardan 6—8 yil sigirlarni qochirishda foydalaniladi. N.larning aksariyat qismi goʻsht yetishtirish uchun boqiladi. N.lar jadal usulda boqilganda 15 oylikdan 18 oylikkacha har kuni bir kg dan et oladi, ekstensiv usulda parvarishlanganda kunlik oʻsish darajasi past boʻladi. N.lar tirik vazni 420–450 kg ga yetganda soʻyiladi va goʻsht chiqimi 58—60% gacha boradi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil