Noyabr inqilobi
Noyabr Revolyutsiyasi, (nemischa: Novemberrevolution ) – Germaniyaning Birinchi jahon urushida magʻlubiyatga uchrashi darakchilari boʻlgan ijtimoiy va iqtisodiy tanglik sababli German Imperiyasida 1918-yil noyabrda roʻy bergan revolyutsiya. Revolyutisiya Germaniyada Veymar Respublikasi nomi ostidagi parlament demokratiyasi vujudga kelishiga sabab boʻldi.
Noyabr inqilobi | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Noyabr revolyutsiyasi | |||||||
| |||||||
Raqiblar | |||||||
Kommunistik partiya
|
German Imperiyasi | ||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Roza Lyuksemburg † Kurt Eysner † Karl Radek Karl Libknext † Ernst Toller Gustav Landauer † Yevgeniy Levine † Paul Levi |
Erix Lyudendorf |
Tarixi
tahrirRevolyutsiya Vilgelmsxafen va Kilda boshlanib, bir necha kun ichida butun Germaniyaga tarqalgan matroslar qoʻzgʻolonidan boshlangan. 1918-yil 9-noyabrda kayzer Vilgelm II urush harakatlarini davom ettirishni jinnilik deb hisoblagan harbiy shtab boshligʻi Vilgelm Gryoner bosimi ostida davlatdan qochib ketadi (Vilgelm II 28-noyabr Niderlaniyada taxtdan rasmiy ravishda voz kechadi). 1918-yil 9-noyabrda Germaniya respublika deb eʼlon qilinadi. Hukumat tepasiga sotsial-demokratik partiya (GSDP) keladi[1].
Roza Lyuksemburg va Karl Libknext qoʻl ostidagi kommunistlar revolyutsiyaning davom ettirilishi va Germaniyada sovet hukumati eʼlon qilinishi maqsadida sotsial-demokratlarga qarshi 1919-yil yanvarda qoʻzgʻolon koʻtarishadi. Haqiqiy fuqarolik urushining xavfi paydo boʻladi. Qoʻzgʻolon Gustav Noske qoʻl ostidagi Fraykor harbiy otryadlari tomonidan bostirilib, Libknext va Lyuksemburg sudsiz oʻldirilishadi.
Bavariyada xuddi oʻsha fraykor otryadlari tomonidan yoʻq qilingan Ernst Toller boshchiligidagi Bavariya Sovet Respublikasi vujudga keladi.
Urush rasmiy ravishda 1919-yil 11-avgustda respublika prezidenti Ebert Veymar konstitutsiyasini imzolagandan soʻng tugaydi.
Urushdagi magʻlubiyat va qoʻzgʻolon
tahrir1918-yilda kelib Germaniyaning urushda magʻlub boʻlishi aniq boʻlib qoldi. Magʻlubiyatning asosiy sabablari esa dushmanlarda askarlar sonining ikki barobar koʻpligi (1917-yil AQSH urushga qoʻshilganligi sababli), qurollar soni boʻyicha dushman ustunligi va olmon askarining yaxshi ovqatlana olmasligi edi. Davlat ichida ochlik keng ravishda tarqaladi. Bu narsa armiyaga ham tegishli edi.
1918-yil kuzida nemis oliy qoʻmondonligi yaxshiroq sulh natijalariga erishish uchun nemis flotini britan flotiga qarshi joʻnatishga qaror qiladi. Bu esa askarlarini aniq oʻlimga joʻnatish bilan teng edi. Matroslarga ularni harbiy tayyorgarlikga joʻnatilishayotganligi haqida aytilganiga qaramasdan, matroslar orasida ularni aldashganligi toʻgʻrisida habarlar tarqaladi[2].
Manbalar
tahrir- ↑ Manfred Scharrer (verdi): Das patriotische Bekenntnis
- ↑ Schulze, Weimar. Germany 1917-1933, p. 158