Nozim Toʻlaxoʻjayev
Nozim Toʻlaxoʻjayev (1951-yil 4-yanvar, Toshkent) – sovet va oʻzbek kinorejissyori, aktyor va ssenariynavis.
Nozim Toʻlaxoʻjayev | |
---|---|
Tavalludi |
4-yanvar 1951-yil |
Fuqaroligi | SSSR Oʻzbekiston |
Kasbi | aktyor, ssenarist, rejissyor |
Otasi | Turob Toʻla |
Onasi | Tamara Xachaturova |
Bolaligi
tahrirNozim Toʻlaxoʻjayev 1951-yil 4-yanvar Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tavallud topgan. Otasi – Oʻzbekiston xalq shoiri Turob Toʻla. Onasi Tamara Xachaturova esa shifokor singlisi esa aktrisa boʻlgan[1][2]. Nozim bolaligidan turli filmlarda epizodik rollarda oʻynagan.
Taʻlim
tahrirToʻraboyevich 1970-yilda maktabni tugatgach, Moskvadagi Lunacharskiy nomidagi teatr sanʼati institutining rejissyorlik boʻlimiga oʻqishga kirgan. Oʻqishni tamomlagach, harbiy xizmat oʻtagan.
Mehnat faoliyati
tahrirHarbiy xizmatdan soʻng „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida ish boshlagan. Birinchi muvaffaqiyatli asarlaridan biri Rey Bradburyning xuddi shu nomdagi hikoyasiga asoslangan apokaliptik syujetli „Budet laskoviy dojd“ multfilmi edi. Keyinchalik Bradburydan ilhomlanib, „Veld“ toʻliqmetrajli filmini suratga olgan[3].
Toʻlaxoʻjayev „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida ishlagan davrida ssenariy muallifi va rejissyor sifatida koʻplab multfilmlar suratga olgan hamda bir qancha xalqaro tanlovlarda sovrinli oʻrinlarni egallagan.
Nozim aktyor sifatida koʻplab filmlar va teleseriallarda rol oʻynagan. 2020-yillardan boshlab aktyor va rejissyor sifatida ishlashda davom etmoqda.
Mukofoti
tahrirNozim Toʻlaxoʻjayev Toʻraboyevich „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi“ unvoni bilan taqdirlangan.
Oilasi
tahrirRejissyor kech oila qurgan. Taxminan 50 yoshida uylangan va juftlikning nikohi 10 yil davom etgan.
Filmografiyasi
tahrirNozim 1976-yilda „Mening akam“ dramasidagi Ravshan rolidan keyin keng shuhrat qozongan. Syujet avtohalokatga uchragach, mashinani boshqarayotgan xotinining aybini oʻz zimmasiga olgan erkakning hikoyasiga bagʻishlangan.
Toʻlaxoʻjayev 1989-yilda „Shoqollar“ kriminal trillerida „Kalamush“ rolini oʻynagan. Hikoyada demobilizatsiya qilingan uchta „afgʻon“ Markaziy Osiyo shaharlaridan biriga keladi. Aeroportda ular va mahalliy neofashistik tashkilot oʻrtasida kurash boshlanadi.
Nomi | Obraz | Yil | Izoh |
---|---|---|---|
Jiyda guli | Baxtiyor, Murodning otasi | 2010 | |
Oʻtov | Ubaydullo | 2007 | Bosh rol[4] |
Mening akam | Ravshan | 1976 | |
Shoqollar | Kalamush | 1989 |
Manbalar
tahrir- ↑ „НАЗИМ ТУЛЯХОДЖАЕВ“. Qaraldi: 2023-yil 8-noyabr.
- ↑ „“Mashhur boʻlolmaganimdan afsuslanardim” — 50 yoshgacha omadini kutgan, Alla Pugachyova bilan birga oʻqigan va shaxsiy hayotida muvaffaqiyatsizlikka uchragan Nozim Toʻlaxoʻjayev 73 yoshda“. daryo.uz. Qaraldi: 2-noyabr.
- ↑ „Назим Туляходжаев“. Qaraldi: 2023-yil 8-noyabr.
- ↑ Daryo.uz. „“Mashhur bo‘lolmaganimdan afsuslanardim” — 50 yoshgacha omadini kutgan, Alla Pugachyova bilan birga o‘qigan va shaxsiy hayotida muvaffaqiyatsizlikka uchragan Nozim To‘laxo‘jayev 73 yoshda (foto, video)“ (2024-yil 7-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 12-iyul.